Buloqboshi, Toyloq, Chelak va Furqat rayonlarini tuzish toʻgʻrisida (573-XII-son)
09.04.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Andijon, Samarqand, Fargʻona viloyat, Xoʻjaobod, Samarqand, Payariq, Oʻzbekiston nohiya Kengashlarining takliflariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining xulosasiga rozilik bildirib, quyidagi yangi nohiyalar tuzilsin:
Andijon viloyati boʻyicha
Maʼmuriy markazi Buloqboshi aholi punktida boʻlgan Buloqboshi rayoni.
Buloqboshi rayoni tarkibiga Xoʻjaobod rayonning Buloqboshi, Kulla, Payariq, Nayman va Shirmonbuloq qishloqlari berilsin.
Samarqand viloyati boʻyicha
Maʼmuriy markazi Toyloq shahar posyolkasida boʻlgan Toyloq rayoni.
Toyloq rayoni tarkibiga Samarqand rayonning Toyloq shahar posyolkasi va Adas, Bogʻizogʻon, Jumabozor, Komsomol, Madaniyat, Sochakibolo, Tepaqishloq, Qoʻrgʻoncha qishloqlari berilsin;
Maʼmuriy markazi Chelak shahrida boʻlgan Chelak rayoni.
Chelak rayoni tarkibiga Payariq rayonining Chelak shahri va Birlashkan, Oytamgʻali, Oqqoʻrgʻon, Chaparashli, Oʻrtasaydov qishloqlari berilsin;
Fargʻona viloyati boʻyicha
Furqat rayoni.
Furqat rayoni tarkibiga Oʻzbekiston rayonining XX Partsyezd nomli, oktyabr 40 yilligi, Shunqor, Qoʻqon, Gʻallakor (Xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonasi 2-fermasi hududidan tashqari) va Gʻuncha qishloqlari berilsin.
XX Partsyezd nomli qishloqdagi Gorskiy aholi punktining nomi Navbahor deb oʻzgartirilsin va u Furqat rayonining maʼmuriy markazi etib belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Xoʻjaobod, Samarqand, Payariq va Oʻzbekiston rayon Kengashlarining Yangi tuzilgan Buloqboshi, Toyloq, Chelak va Furqat rayonlari hududida joylashgan okruglardan saylangan deputatlari tegishli xalq deputatlari Buloqboshi, Toyloq, Chelak va Furqat rayon Kengashlarining deputatlari boʻladilar.
Xalq deputatlari Xoʻjaobod, Samarqand, Payariq, Oʻzbekiston, Buloqboshi, Toyloq, Chelak va Furqat rayon Kengashlari tegishli hududda davlat hokimiyatining muxtor vakillik idoralari deb hisoblansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tuzilayotgan nohiyalarning boshqaruv idoralarini mablagʻ bilan taʼminlanishi mahalliy budjet hisobidan amalga oshirilmogʻi lozim.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-aprel,
573-XII-son
