8-modda. Eksport nazorati sohasidagi vakolatli davlat organi
Eksport nazorati toʻgʻrisida (658-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi eksport nazorati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
Vakolatli organ:
eksport nazorati sohasida davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
eksport nazorati obyektlarini olib chiqish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilish ishlarini tashkil etadi;
eksport nazoratini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni va boshqa axborotni talab qilib oladi;
chet davlatning eksport nazorati obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bayon etilgan maqsadlarda foydalanilishiga taalluqli yozma majburiyat beradi;
eksport nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
