Tumanda 2015-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-85/01-son)
29.01.2015
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasining 2015-yil 29-yanvardagi 4-07-98/4-sonli xatini va xulosasini inobatga olib “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Samadov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. OMONOV
Dehqonobod t.,
2015-yil 29-yanvar,
X-85/01-son
Tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi X-85/01-sonli qaroriga 1-ILOVA
Dehqonobod tumani hududida 2015-yil avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
J. Ortiqov tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, avtomototransport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanishni nazorat etish guruhi katta inspektori, komissiya raisi Aʼzolari Z. Butayev tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi J. Safarov tuman “Vatanparvar” tashkiloti raisi A. Dusatov Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlinmasi xodimi Sh. Joʻrayev tuman mudofaa ishlari boʻlimi vakili M. Soatkulov tuman “Agrosugʻurta” MChJ direktori R. Musurmonqulov tuman IIB YHXG jamoatchilik vakili
Tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi X-85/01-sonli qaroriga 2-ILOVA
Dehqonobod tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi Joylashgan manzili Koʻrikdan oʻtadigan kun Vaqti Koʻrik oʻtadigan joyi Transport vositasi soni 1. Tuman veterinariya boʻlimi Qarashina shaharchasi 02.03.2015 yil 09:00 “Istiqlol” xususiy firma avtosaroyi 3 2. “Kaliyli” oʻgʻitlar zavodi Beshbuloq shaharchasi 04-05-06-mart 2015yil 09:00 Kaliyli oʻgʻitlar zavodi avtosaroyi 47 3. “Istiqlol” va “Shodlik” x/f.lari Qarashina shaharchasi 09.03.2015-yil 09:00 “Istiqlol” xususiy firma avtosaroyi 23 4. “Abbos” x/f. Qarashina shaharchasi 10.03.2015-yil 09:00 8 5. “Oʻrmon” xoʻjaligi Qarashina shaharchasi 11.03.2015-yil 09:00 7 6. Tuman “YXTPTFK” Qarashina shaharchasi 12.03.2015-yil 09:00 6 7. Tuman “Elektr tarmoqlari” Qarashina shaharchasi 13.03.2015-yil 09:00 7 8. Enter Enijeering PTE L.T.D. Gumbuloq qishlogʻi 16-17-18-19-20-mart 2015-yil 09:00 Enter Enijeering PTE L.T.D. 441 9. PUOOO “Zumikinjiring” Xujaipok qishlogʻi 23.03.2015-yil 09:00 Kaliyli oʻgʻitlar zavodi avtosaroyi 4 10. “DSENM” Qarashina shaharchasi 01.04.2015-yil 09:00 “Istiqlol” xususiy firma avtosaroyi 3 11. “Tibbiyot birlashmasi” Qarashina shaharchasi 03.04.2015-yil 09:00 “Istiqlol” xususiy firma avtosaroyi 27 12. “Vatanparvar” MKT Qarashina shaharchasi 10.04.2015-yil 09:00 15 13. MTP DAJ Qarashina shaharchasi 13.04.2015 �il 09:00 4 14. “Abdiraim ota” x/f. Qarashina qishlogʻi 17.04.2015-yil 09:00 4 15. Tumandagi xususiy, dehqon va fermer xoʻjaliklari Qarashina shaharchasi 20-21-22-23-24-aprel 2015-yil 09:00 114 16. “Dolchin” M.Ch.J. 15.05.2015-yil 11:00 “Dolchin” avtosaroyi 7
Elatma: tumandagi shaxsiy transport vositalari bayram va dam olish kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha Dehqonobod tuman Paxtachi MFY YHHG maskani binosida oʻtkaziladi.
