Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (151-son)
02.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-martdagi PF-2815-son Farmoniga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining Ustavini, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi Nizomni va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi shaxsiy tarkibining formali kiyim-boshi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 3-iyuldagi 249-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek mazkur qarorga 1 va 2-ilovalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Ustaviga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-iyundagi 240-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 2-may,
151-son
