Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni) (93-son)
16.04.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-aprel,
93-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 23-bandning oʻninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 38-bandining oltinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
