Muborak tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-858/12-son)
26.12.2014
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi “Viloyat mahalliy budjetning 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/44-143-sonli qarori, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarori, Xalq deputatlari Muborak tuman kengashining 2014-yil 13-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi IV/30-1-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 5-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
4. Muborak tuman hokimligi moliya boʻlimi (Gʻ. Tursunov), tuman gʻaznachilik boʻlinmasi (B. Sodiqov), tumandagi barcha tegishli banklar bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq. 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-108/02-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Polvonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. ALLAQULOV
Muborak t.,
2014-yil 26-dekabr,
X-858/12-son
Tuman hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-858/12-sonli qaroriga 1-ILOVA
Muborak tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
prognozi
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 105,1 1.1. shu jumladan hududiy sanoat mahsulotlari 134,0 2. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 107,9 3. Pudrat ishlari 108,2 4. Chakana savdo aylanmasi 115,2 5. Pullik xizmat 115,7
Tuman hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-858/12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Muborak tumani mahalliy budjetining 2015-yilgi asosiy
KOʻRSATKIChLARI
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 0,0 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 2 067 165,0 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1 606 305,0 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1 008 884,0 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 7. Aksiz soligʻi, jami 0,0 shu jumladan: aroq boshqa vinolar pivo chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 17 192 796,0 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 109 485,0 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 3 623 855,0 11. Yagona yer soligʻi 1 063 070,0 12. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 376 711,0 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 15. Davlat boji 890 095,0 16. Jarimalar 546 741,0 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 18. Bozorlar daromadidan tushum 133 746,0 19. Mahalliy yigʻimlar 244 994,0 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 2 189 974,0 21. Boshqa tushumlar 457 690,0 Jami 33 511 511,0 T/r Xarajat turlari ming soʻmda 1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 117430 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 0 3. Obodonlashtirish xarajatlari 1738892 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 301706 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar jami 2158028 5. Maorif 20457621 6. Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 85476 7. Fan 0 8. Sogʻliqni saqlash 6569908 9. Jismoniy tarbiya 3675 10. Kadrlar tayyorlash 0 11. Ijtimoiy taʼminot 27090 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining jami 27143770 12. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 663142 13. Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 850179 14. Zaxira jamgʻarmalari 0 15. Boshqa sarf-xarajatlar 32410 Shundan: Koʻnikma xarajati 32410 Qabullar uyi xarajatlari 0 16. Mukofotlash xarajatlari 0 17. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari 0 Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 614768 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish uchun nafaqa 1858211 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 191003 18. Jami 250 boʻlim 2663982 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari 0 XARAJATLARNING JAMI 33511511
Tuman hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-858/12-sonli qaroriga 3-ILOVA
2015-yilgi Muborak tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Tuman hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-858/12-sonli qaroriga 4-ILOVA
Muborak tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
(ming soʻmda) T/r Hududlar nomi Summasi 1. Muborak tumani 181400
Tuman hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-858/12-sonli qaroriga 5-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8%i 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub. metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 barobari
Tuman hokimining 2014-yil 26-dekabrdagi X-858/12-sonli qaroriga 6-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
