Tumanning 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-1138/12-son)
24.12.2014
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2013-yil, 52-I-son) 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil 50-son, 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 2015-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi “Viloyat mahalliy budjetining 2014-yilgi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/44-143-sonli qarori, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarori, Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 129/39-04-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilova;
mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlarining asosiy koʻrsatgichlari, viloyat budjetdan oʻtkazib beriladigan daromad va maqsadli subvensiyalar miqdori 2-ilovaga;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 5-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Iqtisodiyot boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (X. Turdiyev), tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi (Sh. Sattorov), tumandagi barcha tegishli banklar bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq, 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2015-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi X-90/2-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Temirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. BOBOYEV
Qarshi t.,
2014-yil 24-dekabr,
X-1138/12-son
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qarshi tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
PROGNOZI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Yalpi hududiy mahsulot 106.1 2. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 105.5 2.1. shu jumladan hududiy sanoat mahsulotlari 112.6 3. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 107.0 4. Pudrat ishlari 110.3 5. Chakana savdo aylanmasi 115.2 6. Pullik xizmat 116.2
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlarining asosiy
KOʻRSATKIChLARI
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 560 117 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 3 113 959 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 4 486 050 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 10 210 007 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 2 644 712 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4 327 228 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: aroq boshqa vinolar pivo chakana savdo tarmogʻi oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 599 104 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 636 340 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 3 538 226 11. Yagona yer soligʻi 1 852 922 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 0 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 73 345 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 350 349 15. Davlat boji 1 424 353 16. Jarimalar 1 635 736 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 91 900 18. Bozorlar daromadidan tushum 74 564 19. Mahalliy yigʻimlar 154 473 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 10 653 512 21. Boshqa tushumlar 284 636 Jami 49 711 533 Koʻrsatkichlar ming soʻmda T/r I. Xarajatlar — jami 80 072 048 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 170 620 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 3. Obodonlashtirish harajatlari 3 552 773 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 179 711 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar jami 3 903 104 5. Maorif 46 252 720 6. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 256 134 7. Fan 8. Sogʻliqni saqlash 17 542 822 9. Jismoniy tarbiya 3 675 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 119 568 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining JAMI 64174 919 12. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 751 079 13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 2166 451 14. Zaxira jamgʻarmasi 0 15. Boshqa sarf-xarajatlar 32 137 Shundan: Ijtimoiy koʻnikma markazlari 32 137 “Qabullar uyi” xarajati 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital qoʻyilmalar Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 3203 772 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish uchun nafaqa 5398 590 �am taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 441.996 18. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar JAMI 9.044.358 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli qaroriga 3-ILOVA
2015-yilda umumdavlat soliqlari tushumlaridan tuman budjetiga ajratiladigan
meʼyorlari
(foizda) Umumdavlat soliqlari foizda Qoʻshilgan qiymat soligʻi 52 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 52 Savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 100 Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 100 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 100 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 100 Alkogol mahsulotlarga yaʼni aroq va boshqa vinolardan olinadigan aksiz soligʻi (etil spirti va pivadan tashqari) 50
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(mln soʻmda) Koʻrsatkichlar nomi Summasi 1. Qarshi tuman 454,6
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli qaroriga 5-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8%i 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 barobari
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli qaroriga 6-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
