Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (150-son)
01.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 1-may,
150-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida Nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi”.
