Tumanning 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-1295/12-son)
25.12.2014
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami 2014-y., 50-son, 590-modda) qarori hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) qarori va xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetning 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 98/29-04-sonli hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga:
mahalliy budjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami 2014-y., 50-son, 590-modda)qaroriga asosan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼi belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼi belgilangan soliq stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarning barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oʻsimlik moyi va pivo mahsulotining aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar;
davlat boji, yigʻimlar va jarimalar toʻliq miqdorda shahar va tumanning mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilishi belgilab quyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinib ijroga yoʻnaltirilsin.
5. Viloyat hokimligi moliya boshqarmasiga mahalliy budjetlarga budjetdan maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushushidan, shuningdek mahalliy budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilganligi eʼtiborga olinsin.
6. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (O. Nigmatov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
7. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (S. Kuyliyev), tuman gʻaznachilik boʻlimi (Y. Pardayev), tumandagi tijorat banklari bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkazilgan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarorining 36-ilovasiga muvofiq. 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli Qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
9. Tuman hokimining 2014-yil 3-fevraldagi H-114/02-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Z. Baratov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim M. XAYITMURODOV
Nishon t.,
2014-yil 25-dekabr,
X-1295/12-son
Nishon tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 1-ILOVA
Nishon tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
prognozi
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 108,2 1.1. shu jumladan hududiy sanoat mahsulotlari 116,3 2. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 104,0 3. Pudrat ishlari 104,1 4. Chakana savdo aylanmasi 113,3 5. Pullik xizmat 114,5
Tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Nishon tumani mahalliy budjetining 2015-yilgi asosiy
KOʻRSATKIChLARI
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 1752488 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1829325 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1130294 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 10001849 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼi belgilangan daromad soligʻi 1084514 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 3977882 7. Aksiz soligʻi, jami 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadi�an soliq 13760740 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1227161 10. Er soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 4200413 11. Yagona yer soligʻi 1448620 12. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 13170555 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 1084996 15. Davlat boji 747196 16. Jarimalar 531777 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 18. Bozorlar daromadidan tushum 256124 19. Mahalliy yigʻimlar 148841 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 1051362 21. Boshqa tushumlar 349829 Jami 57753965 Koʻrsatkichlar ming soʻmda I. Xarajatlar — jami 57753965 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 271797 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 3. Obodonlashtirish harajatlari 2562831 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 68434 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar jami 2903062 5. Maorif 34645151 6. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 271703 7. Fan 8. Sogʻliqni saqlash 11353260 9. Jismoniy tarbiya 3675 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 87298 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining jami 46361087 12. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash harajatlari 815670 13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash harajatlari 1284081 14. Zaxira jamgʻarmalari 15. Boshqa sarf-xarajatlar 31437 shundan: koʻnikma xarajatlari 31437 Qabullar uyini saqlash xarajatlari 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 1723663 ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish uchun nafaqa 4344080 kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 290885 18. Jami 250 boʻlim 6358628 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari
Tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlar
HAJMI
Hudud nomi Daromadlar, viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarni hisobga olgan holda Xarajatlar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqi va ish haqidan ajratmalar va ijtimoiy nafaqalarni moliyalash-tirishga subvensiyalar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqlarini moliyalash-tirishga subvensiya foizi A 1 2 3 4 5 1. Nishon tuman 57754,0 57754,0 Jami 57754,0 57754,0 X
Tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilgi tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 5-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARi
(ming soʻmda) Tuman Summasi A 1 2 1 Nishon tumani 325,9 Jami 325,9
Tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 6-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8% 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish xaqining 5 baravari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish xaqining 3,5 baravari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish xaqining 8 borabari
Tuman hokimining 2014-yil 25-dekabrdagi X-1295/12-sonli qaroriga 7-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
