Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (X-1280/10-son)
14.10.2014
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y, 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 450 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 32 foiz (142 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 43 foiz (192 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 9 foiz (40 kishi);
nogironlar uchun 3 foiz (14 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1 foiz (6 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 1 foiz (6 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 4 foiz (20 kishi);
boshqa toifalar uchun 7 foiz (30 kishi), shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 18 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 7 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 5 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish oʻrinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi kerak.
4. Shahardagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasinlar hamda bu toʻgʻrida shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Qarshi shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (Z. Xudoyberdiyev)ga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Qarshi shahar hokimining 2013-yil 30-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-709/9-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari Sh. Xolmurodov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkun qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. AChILOV
Qarshi sh.,
2014-yil 14-oktabr,
X-1280/10-son
Shahar hokimining 2014-yil 14-oktabrdagi X-1280/10-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qarshi shahar boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yilda band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarini ijrosini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
T/r F. I. Sh Lavozimi 1. Sh. Xolmurodov Shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi 2. M. Murodova Shahar hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 3. Z. Xudoyberdiyev Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori v.v.b, Ishchi komissiya raisi kotibi 4. S. Turdiyev Shahar IIB boshligʻi 5. A. Axmedov Shahar iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. M. Nishonov Shahar mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi 7. Z. Ibragimov Shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 8. F. Sharopov Shahar budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi 9. B. Murodov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Shahar k�ngashi raisi 10. N. Maxmatov “Mahalla” jamoat fondi, Shahar boʻlimi raisi 11. M. Safarova Shahar TMEKlar raisi v.v.b.
Shahar hokimining 2014-yil 14-oktabrdagi X-1280/10-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qarshi shahar boʻyicha 2015-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI
T/r Qarshi shahar Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Tashkilot va korxonalar toʻliq manzili Korxonalarda jami roʻyxatda turgan xodimlar soni Jami 7 foizi Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori Jami Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni Haqiqatda barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylari soni Shu jumladan quyidagi toifalar uchun: nogironlar uchun 3 foizi boshqa toifadagilar uchun 4 foizi Nogironlar soni Boshqa toifadagilar soni Nogironlar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlan-ganlar uchun Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun shu jumla�an: Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar uchun 1. Qarshi shahar Markaziy banki Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi Mustaqillik shoh koʻchasi, 3-uy 86 6 3 3 2 2 0 4 1 1 1 0 0 0 1 0 0 0 0 2. Qarshi shahar Respublika Inkassatsiya xizmati DUK Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mustaqillik shoh koʻ�asi, 3-uy 233 16 7 9 6 6 0 10 1 0 3 4 0 0 1 1 1 0 0 3. Qarshi shahar “Xalq banki” viloyat filiali A.?er, 44-uy 65 5 2 3 3 2 1 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 0 0 4. Qarshi shahar OAT “Turon bank” Qarshi filiali Komilon koʻchasi, 28-uy 51 4 2 2 3 2 1 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0 5. Qarshi shahar “Asaka banki” Qashqadaryo filiali Mustaqillik shoh koʻchasi, 32a-uy 96 7 3 4 4 3 1 3 0 1 0 1 0 0 0 1 1 0 0 6. Qarshi shahar “Trastbanki” XOABB Qarshi filiali Oʻzbekiston koʻchasi, 1a-uy 41 3 1 2 1 1 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 7. Qarshi shahar “Milliy banki” Viloyat filiali Oʻzbekiston koʻchasi, 219-uy 74 5 2 3 2 1 1 3 1 0 0 0 0 0 0 2 1 0 1 8. Qarshi shahar “Aziya Alyans banki” viloyat filiali Oʻzbekiston koʻchasi 35 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 9. Qarshi shahar QASNQADARYO “AVTOTEXXIZMAT” ochiq aksiyadorlik jamiyati Qarshi Beshkent oʻynalishi, 10-uy 140 10 4 6 6 4 2 4 0 1 2 0 0 0 0 1 0 1 0 10. Qarshi shahar Viloyat “Suvoqova” boshqarmasi Xonobod yoʻli koʻchasi, 1 uy 40 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 11. Qarshi shahar OATB “Aloqabank” Qashqadaryo filiali Oʻzbekiston koʻchasi 56 4 2 2 2 2 0 2 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 12. Qarshi shahar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi “QARSNI MINTAQAVIY TEMIR YO'L UZEL” shuʼba korxonasi Oʻzbekiston koʻchasi, 8-uy 4024 282 121 161 215 120 95 67 1 24 35 3 0 1 1 2 1 1 0 13. Qarshi shahar Viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Jayxun koʻchasi, 5-uy 116 8 3 5 5 2 3 3 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 14. Qarshi shahar Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti Mustaqillik koʻchasi, 225-uy 676 47 20 27 23 20 3 24 0 12 8 2 2 0 0 0 0 0 0 15. Qarshi shahar Qarshi Axborot texnologiyalari kolleji Mustaqillik shox koʻchasi, 232 146 10 4 6 5 3 2 5 1 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 16. Qarshi shahar Qarshi Agrobeznis va tadbirkorlik kolleji Xonobod shox koʻchasi, 19 uy 184 13 6 7 7 6 1 6 0 1 2 0 0 1 1 1 1 0 0 17. Qarshi shahar Qarshi Iqtisodiyot kolleji Oʻzbekiston koʻchasi, 52-uy 193 14 6 8 9 6 3 5 0 1 2 1 0 1 0 0 0 0 0 18. Qarshi shahar Qarshi Transport kasb-hunar kolleji Oʻzbekiston koʻchasi, 25 uy 106 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 19. Qarshi shahar Qarshi Kompyuter texnologiya kasb-hunar kolleji Bogʻishamol mahallasi 99 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 20. Qarshi shahar Viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Jayxun koʻchasi, 12-uy 416 29 12 17 13 11 2 16 1 5 8 1 0 0 0 1 1 0 0 21. Qarshi shahar Qarshi Qurilish kasb-hunar kolleji Oʻzbekiston koʻchasi, 12 uy 103 7 3 4 3 3 0 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 22. Qarshi shahar Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga karashli “Nasos stansiyalari energetika va aloqa” boshqarmasi Oʻzbekiston ovozi 17 954 67 29 38 34 28 6 33 1 8 17 3 0 0 2 2 1 0 1 23. Qarshi shahar Viloyat Koʻz kasalliklari shifoxonasi Navoiy mahallasi 129 9 4 5 6 4 2 3 0 2 1 0 0 0 0 0 0 0 0 24. Qarshi shahar Qarshi Bank kolleji Xonobod shosse-16 115 8 3 5 5 3 2 3 0 2 1 0 0 0 0 0 0 0 0 25. Qarshi shahar Viloyat Onkologiya dispanseri Anhor boʻyi koʻchasi, 28-uy 261 18 8 10 14 8 6 4 0 2 1 0 0 0 0 1 1 0 0 26. Qarshi shahar KDU qoshidagi 2-akademik litsey Uljaboyev koʻchasi 115 8 3 5 4 3 1 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 27. Qarshi shahar Qarshi Tibbiyot kolleji Oʻzbekiston koʻchasi, 54-uy 325 23 10 13 15 9 6 8 1 3 2 1 0 1 0 0 0 0 0 28. Qarshi shahar Res.Ixt.Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali A.Temur koʻchasi, 40-uy 406 28 12 16 12 12 0 16 0 3 8 1 0 1 0 3 2 0 1 29. Qarshi shahar Qashqadaryo viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi A.Temur koʻchasi, 74-uy 243 17 7 10 7 7 0 10 0 3 6 0 0 0 0 1 1 0 0 30. Qarshi shahar Viloyat tibbiy Diagnostika markazi Oʻzbekiston koʻchasi, 85 uy 56 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 31. Qarshi shahar Qarshi shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi A.Temur koʻchasi, 94-uy 188 14 6 8 8 6 2 6 0 1 4 0 0 0 0 1 0 0 1 32. Qarshi shahar Viloyat Endokrnologiya dispanseri Oʻzbekiston koʻchasi, 46a-uy 230 16 7 9 10 6 4 6 1 1 2 1 0 0 1 0 0 0 0 33. Qarshi shahar Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi Qarshi tumani Navroʻz qoʻrgʻoni 166 12 5 7 4 4 0 8 1 3 2 1 0 0 0 1 1 0 0 34. Qarshi shahar Viloyat Narkalogiya dispanseri Fadeyev koʻchasi, 7 uy 203 14 6 8 6 6 0 8 0 2 4 1 0 1 0 0 0 0 0 35. Qarshi shahar Ochiq aksiyadorlik jamiyati “QARSNI YOG'-EKSTRAKSIYA” A.Navoiy koʻchasi, 1 uy 580 40 17 23 20 17 3 20 0 6 12 0 0 0 1 1 1 0 0 36. Qarshi shahar 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi K.Uljaboyev koʻchasi, 1-uy 214 15 6 9 6 5 1 9 1 3 2 1 1 0 0 1 1 0 0 37. Qarshi shahar Shayxali maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Talabalar koʻchasi, 20-uy 92 7 3 4 3 3 0 4 0 1 0 1 1 0 1 0 0 0 0 38. Qarshi shahar Amu-Qashqadaryo ITXB Oʻzbekiston koʻchasi-81 a uy 103 7 3 4 3 3 0 4 0 1 2 0 0 0 0 1 0 1 0 39. Qarshi shahar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Qarshi Aeroporti davlat unitar korxonasi Maxtumquli koʻchasi, 3-uy 275 19 8 11 12 8 4 7 0 2 2 2 0 0 0 1 1 0 0 40. Qarshi shahar “Oʻzbektelekom interneshnl” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Oʻzbekiston-Indoneziya qoʻshma korxonasining “UZI-QARShI” filiali Mustaqillik koʻchasi, 7-uy 174 12 5 7 6 5 1 6 0 3 2 1 0 0 0 0 0 0 0 41. Qarshi shahar Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Qashqadaryo filiali Hazrati Bashir koʻchasi, 5-uy 811 56 24 32 25 23 2 31 1 16 10 2 0 0 0 2 1 0 1 42. Qarshi shahar Qarshi shahar 1-son oilaviy poliklinikasi Furqat koʻchasi, 2-uy 171 12 5 7 6 5 1 6 0 2 3 0 0 0 1 0 0 0 0 43. Qarshi shahar Qarshi shahar 3-son oilaviy poliklinikasi A.Navoiy, 48-a 192 14 6 8 11 6 5 3 0 1 0 0 0 0 0 2 1 1 0 44. Qarshi shahar Qarshi Pedagogika kolleji Amir Temur koʻchasi-134 uy 510 35 15 20 18 14 4 17 1 2 8 2 0 0 3 1 0 1 0 45. Qarshi shahar Qarshi davlat universiteti Kuchabog koʻchasi, 17-uy 926 65 28 37 45 28 17 20 0 2 12 2 1 0 2 1 1 0 0 46. Qarshi shahar KDU qoshidagi 4-akademik litsey A.Temur 24-uy 108 7 3 4 5 3 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 47. Qarshi shahar Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti Beshkent yoʻli 3 126 9 4 5 8 4 4 1 0 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 48. Qarshi shahar KDU qoshidagi 1-akademik litsey Xonobod yoʻli koʻchasi, 16-uy 129 9 4 5 4 4 0 5 0 1 2 1 1 0 0 0 0 0 0 49. Qarshi shahar TATU Qarshi filiali Beshkent yoʻli 3 km 141 11 5 6 5 5 0 6 0 1 3 0 0 0 1 1 0 1 0 50. Qarshi shahar Viloyat Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Uljaboyeva koʻchasi, 2-uy 144 10 4 6 4 4 0 6 0 2 3 1 0 0 0 0 0 0 0 51. Qarshi shahar Viloyat “M.TOShMUXAMMEDOV” nomli oʻzbek davlat musiqali drama teatri Mustaqillik koʻchasi, 26-uy 159 11 5 6 6 5 1 5 0 1 2 1 0 0 1 0 0 0 0 52. Qarshi shahar Qarshi Olimpiya zaxiralari sport kolleji Nuriston akademik litseyi 212 14 6 8 11 6 5 3 0 1 1 0 0 0 1 0 0 0 0 53. Qarshi shahar Qarshi Madaniyat kasb-hunar kolleji A.Temur koʻchasi, 130-uy 235 16 7 9 9 7 2 7 0 3 2 2 0 0 0 0 0 0 0 54. Qarshi shahar Qarshi Sanʼat kolleji Oʻzbekiston, 57-uy 245 17 7 10 13 7 6 4 0 1 1 1 0 0 1 0 0 0 0 55. Qarshi shahar Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey Ul.Xonobod №33 91 7 4 3 4 4 0 3 0 2 1 0 0 0 0 0 0 0 0 Shahar boʻyicha jami: 16009 1120 480 640 670 466 204 450 14 142 192 40 6 6 20 30 18 7 5
