Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (X-652/09-son)
29.09.2014
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 147 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 11,6 foiz (17 kishi);
oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan va oliy oʻquv yurtlarini grant asosida tugatgan yoshlar uchun 56,5 foiz (83 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 12,3 foiz (18 kishi);
nogironlar uchun 3,4 foiz (5 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 4,0 foiz (6 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 2,7 foiz (4 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 4,0 foiz (6 kishi);
boshqa toifalar uchun 5,5 foiz (8 kishi), shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 4 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 2 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 2 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish oʻrinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi kerak.
4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasinlar hamda bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Nogironlar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlarining tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.
7. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
8. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
9. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori A. Saparovga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
10. Chiroqchi tuman hokimining 2013-yil 28-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-773/09-sonli qarori 2014-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Togʻayev zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkun qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim R. KOMILOV
Chiroqchi t.,
2014-yil 29-sentabr,
X-652/09-son
Tuman hokimining 2014-yil 29-sentabrdagi X-652/09-sonli qaroriga 1-ILOVA
Chiroqchi tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yilda band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarini ijrosini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
T/r F. I. Sh Lavozimi 1. B. Togʻayev Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi 2. Z. Ruziqulova Tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 3. A. Saparov Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, Ishchi komissiya raisi kotibi 4. O. Tojiyev Tuman IIB boshligʻi 5. B. Yoriyev Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. B. Djumayev Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi 7. F. Ravshanov Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 8. T. Shaymanov Tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi 9. F. Berdikulov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Tuman kengashi raisi 10. X. Raxmatov “Mahalla” jamoat fondi, tuman boʻlimi raisi 11. G. Qarshiyeva Tuman TMEK raisi
Tuman hokimining 2014-yil 29-sentabrdagi X-652/09-sonli qaroriga 2-ILOVA
Chiroqchi tumani boʻyicha 2015-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Tashkilot va korxonalar toʻliq manzili Korxonalarda jami roʻyxatda turgan xodimlar soni Jami 7 foizi Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori Jami Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni Haqiqatda barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylari soni Shu jumladan quyidagi toifalar uchun: Nogironlar uchun 3 foizi Boshqa toifadagilar uchun 4 foizi Nogironlar soni Boshqa toifadagilar soni Nogironlar 14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalar bor koʻp bolali yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan, shuningdek, oliy oʻquv yurtini davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatil-ganlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tort�lganlar Odam savdosidan jabrlan-ganlar Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari shu jumladan: Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar 1. “CNEVAR TIKUVCNILARI” MChJ Chiroqchi koʻchasi, 6 qator 100 7 3 4 2 2 0 5 1 1 3 0 0 0 0 0 0 0 0 2. 150-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Yangiobod qishlogʻi 54 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 3. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Chiroqchi tuman boʻlimi Mustaqillik koʻchasi, 19-uy 26 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 4. Chiroqchi tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi S.Utayev koʻchasi, 1-uy 32 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 5. “OLIM O'G'LI JASUR” xususiy korxonasi Chiroqchi koʻchasi 3 q 18-uy 52 4 2 2 1 1 0 3 1 0 0 1 0 0 0 1 1 0 0 6. Chiroqchi tuman 15 bolalar musiqa va sanʼat maktabi Mustaqillik koʻchasi, 3-uy 32 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 7. Chiroqchi tuman davlat veterinariya boʻlimi Mustaqillik koʻchasi, 17-uy 36 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 8. “BINOKOR” MChJ Mustaqillik koʻchasi 50 4 2 2 2 2 0 2 0 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 9. “CNIROQCNI AGROTEXSERVIS” MChJ Mustaqillik koʻchasi, 19-uy 50 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 10. “ChIROQChI YuK AVTOSERVIS” MChJ Xonjon koʻchasi, 15-uy 51 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 11. 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Oxunboboyev koʻchasi 30 78 5 2 3 2 2 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 12. 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi S.Utayev koʻchasi, 17-uy 80 5 2 3 1 1 0 4 1 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 13. “SANAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati Chiroqchi koʻchasi, 6-qator 95 7 3 4 3 3 0 4 0 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 14. 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Oxunboboyev koʻchasi 95 7 3 4 3 3 0 4 0 0 3 0 0 0 0 1 0 1 0 15. Chiroqchi tuman Bolalar shifoxonasi R.Abdullayev koʻchasi 107 7 3 4 3 3 0 4 0 1 2 0 0 0 0 1 0 0 1 16. 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Oxunboboyev koʻchasi 107 7 3 4 3 3 0 4 0 0 3 1 0 0 0 0 0 0 0 17. Yuqumli kasalliklar shifoxonasi B.Elmurdov koʻchasi 116 8 3 5 3 3 0 5 0 1 3 0 0 0 1 0 0 0 0 18. 156-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Jar qishlogʻi 68 5 2 3 2 2 0 3 0 0 1 1 0 1 0 0 0 0 0 19. Chiroqchi tuman 2-Koʻkdala hududiy shifoxonasi Koʻkdala shaharchasi 254 18 8 10 7 7 0 11 1 2 6 1 0 0 1 0 0 0 0 20. “AYRITOM MUJIZASI” xususiy korxonasi Ayritom shaharchasi 30 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 21. 119-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Mozorli qishlogʻi 78 5 2 3 2 2 0 3 0 0 2 1 0 0 0 0 0 0 0 22. Masʼuliyati cheklangan jamiyati “KO'KTOSN BARAKASI” dehqon oziq-ovqat bozori Koʻktosh qishlogʻi 50 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 23. 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Rayonobod qishlogʻi 162 11 5 6 5 5 0 6 0 1 2 0 0 1 1 1 1 0 0 24. 61-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Bezovut qishlogʻi 55 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 25. “SANRO TRANS SERVIS” MChJ Govxona qishlogʻi 65 5 2 3 2 2 0 3 0 0 1 1 1 0 0 0 0 0 0 26. “ChIROQChI IXTISOSLAShGAN UY-JOY QURILISh TAʼMIRLASh” korxonasi Chappaarik qishlogʻi 59 4 2 2 2 2 0 2 0 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 27. 89-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Past karakiya qishlogʻi 61 4 2 2 2 2 0 2 0 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 28. 37-sonli internat maktabi Langar qishlogʻi 156 11 5 6 5 5 0 6 0 1 2 0 0 0 1 2 1 0 1 29. “OQ OLTIN SANOAT MONTAJ MAXSUS QURILISN” xususiy korxonasi Oq oltin qishlogʻi 60 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 30. 80-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Kulchiyal qishlogʻi 65 5 2 3 2 2 0 3 0 0 1 1 0 0 0 1 1 0 0 31. “QASNQADARYO QISNLOQ QURILISN SERVIS” MChJ K.Rustamov koʻchasi, 28-uy 60 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 32. “ChIYAL” shirkat xoʻjaligi Madaniyat qishlogʻi 60 4 2 2 2 2 0 2 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 33. “SURGUL MAXSUS MONTAJ” xususiy korxonasi Tukmor qishlogʻi 39 3 1 2 1 1 0 2 0 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 34. 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Aymok qishlogʻi 85 6 3 3 3 3 0 3 0 0 2 0 1 0 0 0 0 0 0 35. 90-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Tokchi qishlogʻi 75 5 2 3 2 2 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 36. 104-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Annaruz qishlogʻi 75 5 2 3 2 2 0 3 0 0 2 0 0 1 0 0 0 0 0 37. 92-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Tukmar qishlogʻi 86 5 2 3 2 2 0 3 0 0 2 1 0 0 0 0 0 0 0 38. 103-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Oktuppi qishlogʻi 63 5 2 3 3 2 1 2 0 0 1 0 0 0 0 1 0 1 0 39. 31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Koraburug qishlogʻi 84 6 3 3 3 3 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 40. 153-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Paxtalisoy qishlogʻi 95 8 3 5 3 3 0 5 0 1 2 1 0 0 1 0 0 0 0 41. 130-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Obodon qishlogʻi 85 5 2 3 2 2 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 42. 128-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Obodon qishlogʻi 90 6 2 4 2 2 0 4 0 1 2 1 0 0 0 0 0 0 0 43. 167-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Paxtalisoy qishlogʻi 78 5 2 3 2 2 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 44. 44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Dodik qishlogʻi 86 6 2 4 1 1 0 5 1 0 2 1 1 0 0 0 0 0 0 45. “ChIROQChI OMUXTA EM ShROT ShELUXA SOTISh BIRLAShMASI” MChJ Qahramon qishlogʻi 54 4 2 2 2 2 0 2 0 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 46. 64-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Mirzatup qishlogʻi 67 5 1 4 2 1 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 47. “ABDIShUKUROV TOʻLKIN TUYChIYEVICh” firmasi Guliston qishlogʻi 45 3 1 2 1 1 0 2 0 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 48. 139-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Guliston qishlogʻi 74 6 2 4 3 2 1 3 0 0 2 1 0 0 0 0 0 0 0 Jami: 3625 254 109 145 107 104 3 147 5 17 83 18 6 4 6 8 4 2 2
