Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (X-914/10-son)
20.10.2014
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 214 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 31,3 foiz (67 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — 57,9 foiz (124 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 1,8 foiz (4 kishi);
nogironlar uchun — 3 foiz (6 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 1,8 foiz (4 kishi);
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 1 foiz (2 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun — 1,4 foiz (3 kishi);
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun — 1,8 foiz (4 kishi), shu jumladan, safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun — 2 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 2 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish oʻrinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi kerak.
4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasinlar hamda bu toʻgʻrida tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori X. Samariddinovga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Qarshi tuman hokimining 2013-yil 24-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-874/10-sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Temirov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim J. BOBOYEV
Qarshi t.,
2014-yil 20-oktabr,
X-914/10-son
Tuman hokimining 2014-yil 20-oktabrdagi X-914/10-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qarshi tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yilda band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining ijrosini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
T/r F. I. Sh Lavozimi 1. N. Temirov Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi 2. M. Mirsaidova Tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 3. X. Samariddinov Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, Ishchi komissiya raisi, kotibi 4. A. Saidov Tuman IIB boshligʻi 5. M. Tursunov Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. F. Uroqov Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi 7. A. Mansurov Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 8. S. Xusinov Tuman budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi 9. J. Sattorov “Kamolo�” yoshlar ijtimoiy harakati Tuman kengashi raisi 10. M. Turopov “Mahalla” jamoat fondi, tuman boʻlimi raisi 11. A. Megliyev Tuman TMEKlar raisi
Tuman hokimining 2014-yil 20-oktabrdagi X-914/10-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qarshi tumani boʻyicha 2015-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Tashkilot va korxonalar toʻliq manzilli Korxonalarda jami roʻyxatda turgan xodimlar soni Jami 7 foizi Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori Jami Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni Haqiqatda barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylari soni Shu jumladan quyidagi toifalar uchun: nogironlar uchun 3 foizi boshqa toifadagilar uchun 4 foizi nogironlar soni boshqa toifadagilar soni nogironlar yolgʻiz ota-onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalar bor koʻp bolali ota-onalar taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar muddatli harbiy xizmatdan boʻshatil-ganlar pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar Odam savdosidan jabrlan-ganlar Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari shu jumladan: Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar 1. Obodonlashtirish boʻlimi Hamza koʻchasi, 6-uy 216 15 6 9 9 5 4 6 1 1 4 0 0 0 0 0 0 0 2. “Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” negizidagi Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasi Mirmiron qishlogʻi 486 35 15 20 16 14 2 19 1 3 10 1 1 1 1 1 1 0 0 3. “MRSU-36” xususiy korxonasi U.Yusupov koʻchasi, 103-uy 34 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 4. “GIDROTEXNIKA-IRRIGATSIYA” xususiy korxonasi Aylanma koʻchasi 36 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 5. Qarshi (Beshkent) tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi Aylanma yoʻl 41 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 6. “CUVOQOVA” korxonasi Beshkent shahri, �.Ergashuv koʻchasi 41 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 7. “AVTOSANOAT AGROTEXSERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyat Hamza koʻchasi, 27-uy 41 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 8. 63-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Beshkent shahri, Fuzuliy koʻchasi 43 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 9. Qarshi tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi Hamza koʻchasi 50 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 10. “ISMOIL BOZOROV” masʼuliyati cheklangan jamiyati Xitoykenti mahallasi 53 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 11. 7-son bolalar musiqa sanʼat maktabi Mustaqillik koʻchasi, 84-uy 53 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 12. “QIShLOQXOʻJALIKIM” hududiy aksiyadorlik jamiyati Qarshi tuman filiali T.Tirkashev koʻchasi, 94-uy 92 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 13. 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Hamza koʻchasi -22 108 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 14. Qarshi tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi S.Ayniy koʻchasi 120 9 4 5 5 4 1 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 15. Beshkent qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji Hamza koʻchasi 270 19 8 11 15 8 7 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 16. “BEShKENT PAXTA TOZALASh” ochiq aksiyadorlik jamiyati Paxtakor qishlogʻi 524 37 16 21 19 15 4 18 1 2 11 1 1 0 1 1 0 1 0 17. Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi Temir Tirkasheva koʻchasi, 99-uy 1274 89 38 51 51 36 15 38 2 8 20 2 2 1 1 2 1 1 0 18. 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Fayziobod qishlogʻi 98 7 3 4 5 3 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 19. 2-sonli oʻrta umumiy taʼlim maktabi Lagʻmon shaharchasi 70 5 2 3 2 2 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 20. 60-oʻrta umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xonabod qishlogʻi 116 8 3 5 5 3 2 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 21. Kovchin qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji Kovchin qishlogʻi 130 9 4 5 6 4 2 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 22. 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab Kovchin qishlogʻi 149 10 4 6 6 4 2 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 23. 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Nukrabod QFY 78 5 2 3 3 2 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 24. 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Navroʻz qoʻrgʻoni 105 7 3 4 5 3 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 25. 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Dasht qishlogʻi 146 10 4 6 6 4 2 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 26. 34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Dasht qishlogʻi 156 11 5 6 8 5 3 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 27. Servis va tadbirkorlik kolleji Mirmiron qishlogʻi 101 7 3 4 3 3 0 4 0 2 2 0 0 0 0 0 0 0 0 28. 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Tukmangit qishlogʻi 50 4 2 2 3 2 1 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 29. “XXI ASR” xususiy firmasi Dasht bekati 25 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 30. Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “WOOD DECOR PRODUCTION” qoʻshma korxonasi Dasht bekati 9 km 26 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 31. Qarshi tumani iqtisodiyot kolleji Dasht qishlogʻi 120 9 4 5 6 4 2 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 32. Qarshi tumani 18-qurilish ishlab chiqarish korxonasi Yertepa qishlogʻi 24 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 33. “UZVEROS” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi Tukmangit qishlogʻi 24 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 34. 35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Batosh qishlogʻi 40 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 35. 48-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Yangiobod qishlogʻi 82 5 2 3 2 2 0 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 36. 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Yertepa qishlogʻi 88 7 3 4 5 3 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 37. 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Arabxona qishlogʻi 104 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 38. 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Kojor qishlogʻi 130 9 4 5 6 4 2 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 39. “QAShQADARYo BALIQChILIK” masʼuliyati cheklangan jamiyati Qoratepa qishlogʻi 26 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 40. 57-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Mangit QFY 27 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 41. “QAShQADARYo MAXSUS MONTAJ-KMUS” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor shox koʻasi 50 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 42. 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Mangit qishlogʻi 73 5 2 3 3 2 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 43. 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Qoratepa qishlogʻi 108 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 44. 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Qoratepa qishlogʻi 153 11 5 6 7 4 3 4 1 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 45. 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xonobod qishlogʻi 94 7 3 4 5 3 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 46. 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Taxtapul qishlogʻi 45 3 1 2 1 1 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 47. 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Paxtazor qishlogʻi 56 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 48. 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Yangibogʻ qishlogʻi 61 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 49. 41-oʻrta umum taʼlim maktabi Qarshi tumani 125 9 4 5 6 4 2 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 50. 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Shirkent qishlogʻi 86 6 3 3 4 3 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 51. 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Toʻrakul qishlogʻi 91 7 3 4 5 3 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 52. 61-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Hilol qishlogʻi 59 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 53. “QASNQADARYONEFTGAZSANOATQURILISN” ochiq hissadorlik jamiyati Navroʻz qoʻrgʻoni 33 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 54. 9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi Nukrabod qishlogʻi 34 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 55. 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Kaklik qishlogʻi 66 5 2 3 3 2 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 56. 39-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Patron qishlogʻi 100 6 3 3 4 3 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 57. 50-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Haqiqat qishlogʻi 37 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 58. 49-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Poshton qishlogʻi 51 4 2 2 2 2 0 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 59. “XUShVAKT” agrobiznes kasb-hunar kolleji Xushvakt qishlogʻi 112 7 3 4 4 3 1 3 0 1 2 0 0 0 0 0 0 0 0 60. 46-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Kumboygundi qishlogʻi 39 3 1 2 2 1 1 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 61. 44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xushvakt qishlogʻi 72 5 2 3 3 2 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 62. 42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Tallikurgon qishlogʻi 73 5 2 3 4 2 2 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 63. 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Qoraqoʻngʻirot qishlogʻi 98 6 2 4 4 2 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 64. “HILOL” agrosanoat kasb-hunar kolleji Hilol qishlogʻi 77 5 2 3 3 2 1 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 65. 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi Hilol qishlogʻi 98 6 2 4 4 2 2 2 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami: 7288 510 219 291 296 213 83 214 6 67 124 4 4 2 3 4 2 2 0
