Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2489/9-son)
30.09.2014
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 132 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — 4,5 foiz (6 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — 56,8 foiz (75 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 4,5 foiz (6 kishi);
nogironlar 3 — foiz (4 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — 2,3 foiz (3 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun — 1,5 foiz (2 kishi);
boshqa toifalar uchun — 27,3 foiz (36 kishi) shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 4 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 9 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 23 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish oʻrinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi kerak.
4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasinlar hamda bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori A. Temirovga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼi nazoratni taʼminlasin.
9. Shahrisabz tuman hokimining 2013-yil 23-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-764/9-sonli sonli qarori 2014-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Z. Xalilov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim F. NOROV
Shahrisabz t.,
2014-yil 30-sentabr,
2489/9-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-sentabrdagi X-2489/9-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahrisabz tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yilda band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining ijrosini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
T/r F.I.Sh Lavozimi 1. Z. Xalilov Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi 2. Sh. Raxmonova Tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 3. A. Temirov Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori 4. A. Yuldoshev Tuman IIB boshligʻi 5. F. Uzoqov Tuman moliya boʻlimi boshligʻi 6. I. Imomaliyev Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi 7. Sh. Erdonayev Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 8. Z. Mannonov Tuman budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi 9. Sh. Islomov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Tuman kengashi raisi 10. B. Mamatov “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlimi raisi 11. D. Olimjonov Tuman TMEK raisi
Tuman hokimining 2014-yil 30-sentabrdagi X-2489/9-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shahrisabz tuman boʻyicha 2015-yilda Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI
T/r Tuman nomi Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Tashkilot va korxonalar toʻliq manzilli Korxona-larda roʻyxatda turgan xodimlarning oʻrtacha soni Jami 7 foizi Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori Jami Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni Jami band qilib qoʻyilgan (kvotalangan) ish oʻrinlari soni Shu jumladan quyidagi toifalar uchun Nogironlar uchun 3 foizi Boshqa toifadagilar uchun 4 foizi Nogironlar soni Boshqa toifadagilar soni Nogiron-lar Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasa-larini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuch-laridan mud-datli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar Jazoni ijro etish muassa-salaridan ozod qilin-gan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilganlar Odam savdosidan jabrlangan-lar uchun Ijtimoiy muxofazaga muxtoj shaxslar-ning boshka toifalari shu jumladan: Safarbar-lik chaqiruvi zahirasiga kiritilgan shahslar Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayot- gan ayollar Ijtimoiy ahamiyatli kasallik-lar bilan ogʻriyotgan-lar 1. Shahrisabz tumani 17-sonli bolalar musiqa maktabi Miraki shaharchasi X.Azizov koʻchasi, 5-uy 37 2 1 1 0 0 0 2 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 2. Shahrisabz tumani Bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi Ipak yoʻli koʻchasi, 122-uy 20 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 3. Shahrisabz tumani “KESH DILFAYZ INVEST” MIKTMChJ Zafarobod koʻchasi, 25-uy 20 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 4. Shahrisabz tumani “IRODA QURILISH” xususiy korxonasi U.Hosir koʻchasi, 24-uy 21 2 1 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 1 0 0 1 5. Shahrisabz tumani “MEROS” masʼuliyati cheklangan jamiyat T.Baxodir koʻchasi, 32-uy 22 2 1 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 1 0 0 1 6. Shahrisabz tumani “ULUGʻ TOHG” xususiy korxonasi Ipak yoʻli koʻchasi 22 2 1 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 1 0 0 1 7. Shahrisabz tumani “MARS ELEKTRONICS” MChJ Ipak yoʻli koʻchasi, 100-uy 23 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 8. Shahrisabz tumani “KURASh” markazi Hizomiy koʻchasi, 227-uy 23 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 9. Shahrisabz tumani Shahrisabz tuman veterinariya laboratoriyasi Taragay koʻchasi 24 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 10. Shahrisabz tumani Xalk taʼlimi boʻlimiga qarashli Axborot-resurs markazi Ipak yoʻli koʻchasi, 137-uy 24 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 11. Shahrisabz tumani “OLCHAZOR AZIYA” MChJ Ipak yoʻli koʻchasi, 248-uy 25 2 1 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 1 0 0 1 12. Shahrisabz tumani Shahrisabz tumani moliya boʻlimi Ipak yoʻli koʻchasi 32 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 13. Shahrisabz tumani №-1 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi Kesh koʻchasi 30 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 14. Shahrisabz tumani Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi Ipak yoʻli koʻchasi, 89-uy 28 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 15. Shahrisabz tumani “HAUTAKA MAXSUS QURILISh TAʼMIR” MIKT MChJ Choshtepa qishloq 44 3 1 2 1 1 0 2 1 0 0 0 0 1 0 0 1 16. Shahrisabz tumani Shahrisabz tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Ipak yoʻli koʻchasi,12-uy 32 2 1 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 1 0 0 1 17. Shahrisabz tumani Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasinin� Shahrisabz tuman boʻlimi B.Ipak yoʻli koʻchasi, 3-uy 33 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 18. Shahrisabz tumani 7-ixtisoslashgan maktab internat Ipak yoʻli koʻchasi, 33-uy 35 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 19. Shahrisabz tumani Tuman xoʻjalik xisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi Sheroziy koʻchasi, 18-uy 37 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 20. Shahrisabz tumani Shahrisabz neft bazasi Paxtakor MFY 105 7 3 4 5 3 2 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 21. Shahrisabz tumani “SHAXRISABZ OBI HAYOT” MChJ Doʻstlik koʻchasi 42 3 1 2 2 1 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 22. Shahrisabz tumani Bolalar “SAHʼAT” maktabi I.Yoʻli 45 3 1 2 2 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 23. Shahrisabz tumani “ELMA QURILISh TAʼMIR” MChJ Avazmalik qishloq 46 3 1 2 1 1 0 2 0 0 1 0 0 1 0 0 0 0 24. Shahrisabz tumani Viloyat ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati Pillakashlik koʻchasi, 2-uy 48 3 1 2 2 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 25. Shahrisabz tumani “SHAXRISABZ OZIQ-OVQAT MOLLARI” ulgurji baza-MChJ Pillakashlik koʻchasi, 21-uy 48 3 1 2 2 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 26. Shahrisabz tumani Shahrisabz tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi Ipak yuli koʻchasi, 2-uy 56 4 2 2 2 2 0 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 27. Shahrisabz tumani 1-ixtisoslashgan maktab internati Gagarin koʻchasi, 154-uy 61 4 2 2 3 2 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 28. Shahrisabz tumani “BARKAMOL AVLOD” bolalar markazi T.Baxodir koʻchasi 61 4 2 2 2 2 0 2 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 29. Shahrisabz tumani Oziq-ovqat va maishiy xizmat koʻrsatish kolleji Hizomiy, 47 81 5 2 3 3 2 1 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 30. Shahrisabz tumani Shahrisabz tuman davlat soliq inspeksiyasi Gʻofur Gʻulom koʻchasi, 8-uy 90 7 3 4 5 3 2 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 31. Shahrisabz tumani Shahrisabz texnologiya kasb-hunar kolleji A.Temur koʻchasi, 100-uy 100 7 3 4 4 3 1 3 0 2 0 0 0 0 1 0 0 1 32. Shahrisabz tumani Shahrisabz akademik litseyi V.Berdiyev koʻchasi, 10-uy 104 7 3 4 5 3 2 2 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 33. Shahrisabz tumani Shahrisabz iktisodiyet kolleji Ipak yoʻli koʻchasi, 79-uy 130 9 4 5 7 4 3 2 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 34. Shahrisabz tumani 3-sonli oilaviy poliklinika Ipak yoʻli koʻchasi, 2-uy 164 12 5 7 8 5 3 4 0 2 0 0 0 1 1 0 0 1 35. Shahrisabz tumani 2-sonli oilaviy poliklinika Gʻ.Gʻulom koʻchasi, 14-uy 173 12 5 7 9 5 4 3 0 2 0 0 0 0 1 0 0 1 36. Shahrisabz tumani Shahrisabz agroiqtisodiyo� kasb-hunar kolleji Taragay Bahodir koʻchasi, 28-uy 175 12 5 7 10 5 5 2 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 37. Shahrisabz tumani Shahrisabz tibbiyot kolleji Ipak yoʻli koʻchasi, 1-uy 204 14 6 8 12 6 6 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 38. Shahrisabz tumani “XUMO” temir beton xususiy-kombinati Miraki qoʻrgʻoni 30 2 1 1 1 1 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 39. Shahrisabz tumani “MIROKI” qishloq vrachlik punkti Miroki qishlogʻi 36 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 40. Shahrisabz tumani 2-Ixtisoslashgan maktab internati Miraki qoʻrgʻonchasi 47 3 1 2 2 0 2 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 41. Shahrisabz tumani Miroki sport pedagogika kolleji Miroki qishlogʻi 98 7 3 4 5 3 2 2 0 1 0 0 0 0 1 0 1 0 42. Shahrisabz tumani 15-sonli sanatoriya tipidagi maktab internati Miraki shaharchasi Furqat, 1-uy 108 7 3 4 5 2 3 2 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 43. Shahrisabz tumani Shahrisabz ayollar muruvvat uyi Miraki qoʻrgʻoni 141 10 4 6 8 4 4 2 1 0 0 0 0 1 0 1 0 44. Shahrisabz tumani Xisorak suv omboridan foydalanish boshqarmasi Sh.Azizova koʻchasi 174 12 5 7 9 5 4 3 0 2 0 0 0 0 1 0 0 1 45. Shahrisabz tumani “QUM QISHLOQ” qishloq vrachlik punkti Qum qishloq qishlogʻi 49 3 1 2 2 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 46. Shahrisabz tumani Shahrisabz yengil sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-xunar kolleji Vaxob Berdiyev koʻchasi, 10-uy 80 5 2 3 3 2 1 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 47. Shahrisabz tumani “ShAVKAH” qishloq vrachlik punkti Chorshanbi qoʻrgʻoni “ShAVKAH” qishlogʻi 33 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 48. Shahrisabz tumani Karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muxofazasi markazi Qashqadaryo viloyat filiali Chorshanbe koʻchasi 38 3 1 2 2 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 49. Shahrisabz tumani Paxta tozalash OXJ Paxtakor MFY 423 30 13 17 25 13 12 5 0 1 0 0 1 0 3 1 0 2 50. Shahrisabz tumani Shahrisabz YXPTFK Uychilik MFY 74 5 2 3 3 2 1 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 51. Shahrisabz tumani Chorshanbe qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji Chorshanbe qishlogʻi 183 12 5 7 8 5 3 4 0 1 0 0 0 0 3 2 1 0 52. Shahrisabz tumani “KESh” qishloq vrachlik punkti Yangi k/k 30 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 53. Shahrisabz tumani “OLIMJOH MUXAMMADI OʻGʻLI” firmasi Kutchi qishlogʻi 35 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 54. Shahrisabz tumani “ShAMATOH” qishloq vrachlik punkti Shamaton k/k 20 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 55. Shahrisabz tumani “OXUHBOBOYEV” nomli 2-sonli maktab inte�nati Shamaton QFY 127 9 4 5 6 4 2 3 0 2 0 0 0 0 1 0 0 1 56. Shahrisabz tumani Shahrisabz pedagogika kolleji Shamaton QFY 209 14 6 8 11 6 5 3 0 1 0 0 0 0 2 1 1 0 57. Shahrisabz tumani “OMMAG'ON” qishloq vrachlik punkti Ommagon qishlogʻi 29 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 58. Shahrisabz tumani Xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Hamatan qishlogʻi 138 10 4 6 8 4 4 2 0 1 0 0 0 0 1 0 1 0 59. Shahrisabz tumani “QORA SUV” qishloq vrachlik punkti Qora suv shaxarchasi 21 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 60. Shahrisabz tumani “HAVROʻZ” qishloq vrachlik punkti Havroʻz k/k 23 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 61. Shahrisabz tumani 6-ixtisoslashgan umumiy oʻrta taʼlim maktab internati Polmon qishlogʻi 50 4 2 2 2 1 1 2 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 62. Shahrisabz tumani Shahrisabz tumani “AGROSAHOAT” kasb-hunar kolleji Qotagʻon qishlogʻi 146 10 4 6 8 4 4 2 0 2 0 0 0 0 0 0 0 0 63. Shahrisabz tumani “XALKAOBOD” qishloq vrachlik punkti Xalqaobod k/k 21 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 64. Shahrisabz tumani “ShAHRISABZ” qishloq vrachlik punkti Dukchi k/k 25 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 65. Shahrisabz tumani “ShAHRISABZ QURILISh VA UY-JOY KOMMUHAL XOʻJALIK KASB-HUHAR” kolleji Dukchi qishlogʻi 140 10 4 6 6 4 2 4 0 2 0 0 1 0 1 0 1 0 66. Shahrisabz tumani “MAKTOBOD” qishloq vrachlik punkti Maktobod k/k 70 5 2 3 3 2 1 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 67. Shahrisabz tumani “XAZARA” qishloq vrachlik punkti Xazara k/k 49 3 1 2 2 1 1 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 68. Shahrisabz tumani “BOBIR” qishloq vrachlik punkti Dung qishlogʻi 29 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 69. Shahrisabz tumani Shahrisabz tuman “AVAZMALIK” qishloq vrachlik punkti Avazmalik qishlogʻi 69 5 2 3 3 2 1 2 0 1 0 0 0 0 1 0 0 1 70. Shahrisabz tumani “KORAPOYChA” iqtisodiyot kolleji Avazmalik qishlogʻi 89 7 3 4 4 3 1 3 0 1 0 0 1 0 1 0 1 0 71. Shahrisabz tumani “OK OLTIH” qishloq vrachlik punkti Oq oltin k/k 89 7 3 4 4 3 1 3 0 1 1 0 0 0 1 0 0 1 72. Shahrisabz tumani “ASQAR QURILISH INVEST” MIKTMChJ Xoʻjaxuroson qishlo?i 29 2 1 1 1 1 0 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 73. Shahrisabz tumani “VATANPARVAR” tashkiloti Shaxrisabz avtomobil maktabi Sinabogʻ mahallasi 1-uy 61 4 2 2 3 2 1 1 0 0 1 0 0 0 0 0 0 0 74. Shahrisabz tumani “KUL” qishloq vrachlik punkti Kul k/k 33 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 75. Shahrisabz tumani Axborot texnologiyalar kasb-hunar kolleji Xisorak qishlogʻi 114 8 2 6 5 2 3 3 0 1 1 0 0 0 1 0 1 0 76. Shahrisabz tumani “XITOY” qishloq vrachlik punkt Xitoy k/k 20 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 77. Shahrisabz tumani Oʻrmon xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Kamar qishlogʻi 40 3 1 2 1 1 0 2 0 1 0 0 0 0 1 0 1 0 78. Shahrisabz tumani “SAʼDULLO BOBO” ishlab chiqarish va savdo firmasi Shovkan qishlogʻi 30 2 1 1 1 1 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 79. Shahrisabz tumani “KESH TARAQQIYOT INVEST” MChJ Shavkan qishlogʻi 30 2 1 1 1 1 0 1 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 80. Shahrisabz tumani “HAVBAXOR” qishloq vrachlik punkti Ommogon k/k 21 2 1 1 1 1 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 0 0 Tuman boʻyicha jami: 5566 390 167 223 258 163 95 132 4 6 75 6 0 3 2 36 4 9 23
