Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (424-son)
13.03.2015
Jizzax viloyati Zomin tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foiz;
qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10 foiz;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foiz miqdorda yigʻimlar undirilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi (X. Yaxshiboyev)ga:
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslar (mulkdor)ga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berish;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan taqdirda hamda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash, texnika xizmatlari koʻrsatish holatlari haqidagi maʼlumotlarni tuman hokimligiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Abdugʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim B. SAFAROV
Zomin t.,
2015-yil 13-mart,
424-son
Tuman hokimining 2015-yil 13-martdagi 424-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
tarkibi
Komissiya raisi X. Yaxshiboyev Tuman “Davtexnazorat” qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori Komissiya aʼzolari: Gʻ. Roʻziyev Tuman MTP AJ muhandisi Sh. Shoybekov Tuman “Agrotexservis MChJ” MTP rahbari I. Baratov Tuman QSXB bosh mutaxassisi Joylarda SIU va tashkilot rahbarlari
Tuman hokimining 2015-yil 13-martdagi 424-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
ish rejasi
