Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida (38-III-son)
05.02.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalar oʻz mazmuniga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini, qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va normalari talablariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi tuzilsin:
Komissiya raisi: Tuxtaboyev Abdurashid Tursunovich — Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Komissiya raisining oʻrinbosari: Karamova Komila Zaydullayevna — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Komissiya aʼzolari: Akramova Zulayxo Abdurazoqovna — Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi Jamoldinova Odinaxon Rasulovna — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Muxtorov Nodirjon Ilxomjonovich — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Tadjiyev Odiljon Patixdjonovich — Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi Xaitov Ural — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Eshmatova Feruza Farxodovna — Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi
2. Komissiya huzurida quyidagi tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin:
Djurayeva Saida Abdukamilovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot va tahririyat boʻlimi mudiri Tuxtayev Maxmudjon Erkinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Qoʻmitalar bilan ishlash boʻlimi mudirining oʻrinbosari Shoxnazarov Toxir Tuxtamurodovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Yuridik boʻlimi mudiri
3. Belgilab qoʻyilsinki, Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 27-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 71-II-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-fevral,
38-III-son
