Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (X-667/9-son)
29.09.2014
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 77 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — 35 foiz (27 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — 57 foiz (43 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 1 foiz (1 kishi);
nogironlar uchun — 3 foiz (2 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 1 foiz (1 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralarga tortilgan shaxslar uchun —1 foiz (1 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun — 1 foiz (1 kishi);
boshqa toifalar uchun — 1 foiz (1 kishi), shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 1 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish oʻrinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati 2-ilovaga, korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga berib boradigan axborotining namunaviy shakli 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi kerak.
4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasinlar hamda bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Nogironlar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlarining tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.
7. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
8. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
9. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori B. Mahmatqulovga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
10. Qamashi tuman hokimining 2013-yil 4-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-540/10-sonli qarori 2014-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim R. MUXAMMADIYEV
Qamashi t.,
2014-yil 29-sentabr,
X-667/9-son
Tuman hokimining 2014-yil 29-sentabrdagi X-667/9-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qamashi tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yilda band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarini ijrosini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
T/r F. I. Sh Lavozimi 1. R. Qurbonov Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi 2. F. Karamatova Tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 3. B. Mahmatqulov Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, Ishchi komissiya raisi kotibi 4. J. Shodmonov Tuman IIB boshligʻi 5. A. Qayumov Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. Z. Rahimov Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi 7. K. Almatov Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 8. Sh. Amonturdiyev Tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi 9. I. Xayrullayev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Tuman kengashi raisi 10. N. Muhidddinov “Mahalla” jamoat fondi, Tuman boʻlimi raisi 11. B. Ismatov Tuman TMEKlar raisi
Tuman hokimining 2014-yil 29-sentabrdagi X-667/9 -sonli qaroriga 2-ILOVA
Qamashi tuman boʻyicha Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI
Tuman hokimining 2014-yil 29-sentabrdagi X667/9 -sonli qaroriga 3-ILOVA
Tashkilot nomi Bandlikka koʻmaklashvuchi tumanmarkaziga taqdim etiladi. ____________________________________ ____________________________________ Yuridik manzili: ____________________________________ ____________________________________ 2015-yilning ______ choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida A X B O R O T 1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni _____ ish oʻrni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun ______ ish oʻrni/ 2. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni: Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari Hisobot davrining yakuniy holatiga koʻra ishlayotganlar (kishi) Shundan: ishga joylashtirilganlar Hisobot chorakda Yil boshidan Jami: 0 0 0 Shu jumladan: Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar Nogironlar Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar Odam savdosidan jabrlanganlar uchun Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari Korxona rahbari __________________ imzo Kadrlar boʻlimi boshligʻi __________________ imzo
