Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-64/02-son)
02.02.2015
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-y. 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (tuman mudofaa ishlari boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Milliy xavfsizlik xizmatidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikalar bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari hamda jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 1-ilovaga muvofiq 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman qishloq xoʻjaligi davlat texnika nazorati inspeksiyasi inspektori D. Yaxshiyevga:
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejasini yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foiz, qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foiz miqdorida yigʻim undirish;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik topshirilsin.
4. Chiroqchi tuman hokimining 2013-yil 11-apreldagi X-339/04-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xusainov zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.b. Sh. XUSAINOV
Chiroqchi t.,
2015-yil 2-fevral,
X-64/02-son
Tuman hokimining 2015-yil 2-fevraldagi X-64/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnika soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Haydov traktori Magnum 10 2015-yil Chiroqchi MTP AJ parki 20.03.2015-yil Gʻalla oʻrish kombayni Keys 7 2. Gʻalla oʻrish kombayni Nyu-Xolland 1 2015-yil Agrotexservis MTP MChJ parki 22.03.2015-yil Gʻalla oʻrish kombayni Klass-Dominator 3 3. Haydov traktor Magnum 10 2015-yil Koʻkdala MTP DAJ parki 24.03.2015-yil Gʻalla oʻrish kombayni Keys 7 4. Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil Soxibkor MMTP parki 26.03.2015-yil Haydov traktori VT-150 1 Chopiq traktori MTZ-80 X 1 Chopiq traktori T-28 X 4M 2 Chopiq traktori TTZ-100K-11 1 Tashish traktori T-28X4MS1 1 5. Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil S.Jurayev MMTP parki 28.03.2015-yil Haydov traktori VT-150 2 Chopiq traktori T-28 X 4M 1 Chopiq traktori TTZ-80-11 2 Tashish traktori T-28 X 4MS1 2 Tashish traktori MTZ-80 1 Tirkama 2PTS-4-793 6 6. Chopiq traktori MTZ-80 X 2 2015-yil Zarbdor MMTP parki 30.03.2015-yil Chopiq traktori TTZ-100K-11 1 Tashish traktori T-28X4MS1 8 Tirkama 2PTS-4-793 2 7. Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil Oxunboboyev MMTP parki 02.04.2015-yil Chopiq traktori T-28 X 4M 5 Chopiq traktori TTZ-60-11 1 Chopiq traktori TTZ-100K-11 2 Tashish traktori T-28 X 4MS1 4 Tashish traktori MTZ-80 1 Ekskavator EO-2621 1 Tirkama 2PTS-4-793 4 8. Chopiq traktori T-28 X 4M 5 2015-yil Mexnatobod MMTP parki 04.04.2015-yil Tirkama 2PTS-4-793 2 9. Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil X. Olimjon MMTP parki 06.04.2015-yil Haydov traktori VT-150 1 Chopiq traktori MTZ-80 X 1 Chopiq traktori T-28 X 4M 2 Chopiq traktori TTZ-80-11 1 Chopiq traktori TTZ-100K-11 1 Tashish traktori T-28 X 4MS1 1 Gʻalla oʻrish kombayni Enisey-1200 1 Gʻalla oʻrish kombayni NIVA 1 Skreyper T-150K 1 Tirkama 2PTS-4-793 7 Tirkama 2PTS-4-887 3 10. Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil Oʻzbekiston MMTP parki 08.04.2015-yil Chopiq traktori MTZ-80 X 1 Chopiq traktori T-28 X 4M 3 Chopiq traktori TTZ-80-11 2 Chopiq traktori TTZ-100K-11 2 Gʻalla oʻrish kombayni Enisey-1200 1 Tashish traktori T-40 A 1 Tashish traktori T-28X4MS1 3 Tirkama 2PTS-4-793 4 11. Chopiq traktori T-28X4M 2 2015-yil Xayitkul MMTP parki 10.04.2015-yil Tashish traktori T-28 X 4MS1 3 Tashish traktori MTZ-80 1 Gʻalla oʻrish kombayni Enisey-1200 1 Tirkama 2PTS-4-793 3 12. Chopiq traktori T-28X4M 3 2015-yil Gʻalaba MMTP parki 12.04.2015-yil Tashish traktori T-28X4MS1 3 Tirkama 2PTS-4-793 8 13. Chopiq traktori T-28 X 4M 8 2015-yil Paxtakor MMTP parki 14.04.2015-yil Chopiq traktori TTZ-80-11 1 Tashish traktori T-40 A 1 Tashish traktori MTZ-80 1 Tirkama 2PTS-4-793 5 14. Chopiq traktori T-28X4M 2 2015-yil K. Sodiqov MMTP parki 16.04.2015-yil Tashish traktori T-28 X 4MS1 6 Gʻalla oʻrish kombayni NIVA 1 Tirkama 2PTS-4-793 5 15. Chopiq traktori MTZ-80 X 1 2015-yil Chiyal MMTP parki 18.04.2015-yil Chopiq traktori T-28 X 4M 1 Tashish traktori T-28X4MS1 4 Skreyper T-150K 1 Tirkama 2PTS-4-793 11 Tirkama boshqalar 3 Tirkama 16. Chopiq traktori T-28 X 4M 1 2015-yil Lomushsoy qanoti MMTP parki 20.04.2015-yil Tashish traktori T-28X4MS1 7 Tashish traktori T-40 A 1 Gʻalla oʻrish kombayni Enisey-1200 3 Tirkama 2PTS-4-793 7 Tirkama 2PTS-4-887 12 17. Chopiq traktori T-28 X 4M 2 2015-yil Navroʻz MMTP parki 22.04.2015-yil Chopiq traktori TTZ-60-11 1 18. Chopiq traktori MTZ-80 X 1 2015-yil A. Yassaviy MMTP parki 24.04.2015-yil Chopiq traktori T-28 X 4M 3 Chopiq traktori TTZ-100K-11 3 Ekskavator EO-2621 1 Tirkama 2PTS-4-793 4 Haydov traktori T-4 A 1 19. Chopiq traktori T-28X4M 1 2015-yil F. Xujayev MMTP parki 26.04.2015-yil Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil Chorvador j.sh.x parki 28.04.2015-yil Tashish traktori T-28X4MS1 7 Tashish traktori T-40 A 1 Tirkama 2PTS-4-793 19 20. Tashish traktori T-40 A 1 2015-yil Qalqama MMTP parki 30.04.2015-yil Tirkama 2PTS-4-793 1 21. Chopiq traktori T-28X4M 4 2015-yil Qishloqxoʻjalikkimyo Chiroqchi tuman filiali 02.05.2015-yil Chopiq traktori TTZ-80-11 11 Chopiq traktori TGZ-60-11 1 Tashish traktori T-28X4MS1 2 Tashish traktori TTZ-80-10 7 Yuklagich DETVA 1 Yuklagich K-701 1 Tirkama 2PTS-4-793 8 22. Chopiq traktori TTZ-80-11 5 2015-yil Oʻsimliklarni himoya qilish 04.05.2015-yil 23. Haydov traktori K-700 1 2015-yil Tuman SIU lari 06.05.2015-yil Tashish traktori T-28 X 4MS1 3 Tashish traktori YuMZ-6L 1 Tashish traktori TTZ-80-10 1 Buldozer DT-75 2 Ekskavatori EO-2621 6 Tirkama 2PTS-4-793 5 24. Tashish traktori TTZ-80-10 2 2015-yil Tuman Obodonlashtirish boʻlimi parki 08.05.2015-yil Tashish traktori MTZ-80 1 Tirkama 2PTS-4-793 3 25. Tashish traktori TTZ-80-10 1 2015-yil Qarshi Neft BAZA UK Ayritom filiali parki 10.05.2015-yil Tashish traktori T-28X 4MS1 1 Tirkama 2PTS-4-793 2 Agregat ATU-1500 8 26. Haydov traktori VT-150 3 2015-yil Chorva MChJ 12.05.2015-yil Tashish traktori T-28 X 4MS1 3 Gʻalla oʻrish kombayni Enisey-1200 1 Em-xashak oʻrish kombayni KSK-100 1 Tirkama 2PTS-4-793 2 27. Tashish traktori T-28 X 4MS1 1 2015-yil Chiroqchi Pilla OXJ parki 14.05.2015-yil Tirkama 2PTS-4-793 1 28. Haydov traktori T-4 A 1 2015-yil Tuman Qumdaryo Oʻrmon xoʻjaligi parki 16.05.2015-yil Tashish traktori T-28X4MS1 5 Tirkama 2PTS-4-793 4 29. Tashish traktori TTZ-80-10 2 2015-yil Eski Anxor ITB parki 18.05.2015-yil Tashish traktori T-28 X 4MS1 3 Ekskavator JY 230 ELD 1 Ekskavator EK 2027 1 Ekskavator EO-2621 1 Ekskavator Keys-580 1 Tashish traktori K-701 1 Tirkama 2PTS-4-793 4 Trayler PTS-60 1 30. Tashish traktori TTZ-80-10 3 2015-yil Chiroqchi TYXPTFK parki 20.05.2015-yil Tashish traktori TTZ-ZO-Yu 1 Tashish traktori T-28 X 4MS1 1 Tashish traktori TTZ-100K-10 1 Ekskavator EO-4111 1 Avtogreyder DZ-87 2 Buldozer T-4 AS-01 1 Tirkama 2PTS-4-793 4
Izoh: hududdagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi muqobil MTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
Tuman hokimining 2015-yil 2-fevraldagi X-64/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
tarkibi
