Tumanda 2015-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-201/2-son)
13.02.2015
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993., 9-son, 320-modda) Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari qoʻyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi;
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi X-41/1-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim v.b. F. NORMURODOV
Mirishkor t.,
2015-yil 13-fevral,
X-201/2-son
Tuman hokimining 2015-yil 13-fevraldagi X-201/2-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mirishkor tuman hududida 2015-yil transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
Komissiya raisi E. Nazarov Tuman ichki ishlar boʻlimining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi vakili Aʼzolari B. Narzullayev Tuman Mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻi v.b R. Bokiyev Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlinmasi xodimi A. Asatov Jamoatchilik vakili
Tuman hokimining 2015-yil 13-fevraldagi X-201/2-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mirishkor tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli transport vositalarining 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi Joylashgan manzili Koʻrikdan oʻtadigan kun Vaqti Koʻrik oʻtadigan joyi Transport vosita soni 1. Hokimlik Yangi Mirishkor shaharchasi 10.04.2015 9-00 Hokimlik garajida 5 2. Soliq inspeksiyasi Yangi Mirishkor shaharchasi 10.04.2015 9-00 Soliq inspeksiyasi garajida 1 3. Moliya boʻlimi Yangi Mirishkor shaharchasi 10.04.2015 9-00 Moliya boʻlimi garajida 1 4. XDP Yangi Mirishkor shaharchasi 11.04.2015 9-00 Hokimlik garajida 1 5. Agrosugʻurta Yangi Mirishkor shaharchasi 12.04.2015 9-00 “Mirishkor-avtokorxonasi” MChJ 1 6. Pochta aloqa bogʻlamasi Yangi Mirishkor shaharchasi 15.04.2015 9-00 “Mirishkor- avtokorxonasi” MChJ 1 7. Markaziy shifoxona Yangi Mirishkor shaharchasi 17.04.2015 9-00 Markaziy shifoxona garaji 11 8. DSENB Yangi Mirishkor shaharchasi 17.04.2015 9-00 “Mirishkor-Avtokorxonas garaji 5 9. Tuman elektr tarmoqlari Yangi Mirishkor shaharchasi 19.04.2015 9-00 Tuman elektr tarmoqlari garajida 6 10. MKT Vatanparvar tashkiloti Yangi Mirishkor shaharchasi 19.04.2015 9-00 MKT Vatanparvar 6 11. Mirishkor tuman IXPTFDK Yangi Mirishkor shaharchasi 20.04.2015 9-00 Mirishkor tuman IXPTFDK garajida 5 12. Suvoqova idorasi Yangi Mirishkor shaharchasi 19.04.2015 9-00 Suvoqova idorasi garajida 5 13. Gʻ.Gʻulom JShX Avazchul qishlogʻi 28.04.2015 9-00 Gʻ. Gʻulom JShX avtosaroyida 5 14. Olloberdi-madadi MMTP Jeynov qishlogʻi 31.04.2015 9-00 Olloberdi- madadi MMTP avtosaroyida 6 15. OST-AVTO MChJ Yangi Mirishkor shaharchasi 26.04.2015 9-00 “Mirishkor-avtokorxonasi” MChJ avtosaroyida garajida 16 16. Mirishkor-Avtokorxonasi MChJ Yangi Mirishkor shaharchasi 26.04.2015 9-00 Mirishkor-Avtokorxonasi MChJ garajida 43 17. Turon-Mirishkor MMTP Yangi Mirishkor shaharchasi 07.05.2015 9-00 Turon- Mirishkor MMTP garajida avtosaroyida 8 18. Pomuq Elektr tarmoqlari Pomuq shaharchasi 14.05.2015 9-00 Pomuq Elektr tarmoqlari garajida 3 19. Mirishkor tuman ITB Yangi Mirishkor shaharchasi 10.05.2015 9-00 Mirishkor ITB avtosaroyida garajida 41 20. UTT AK-3 Yangi Mirishkor shaharchasi 19.04.2015 9-00 UTT AK-3 avtosaroyida garajida 25 21. Mirishkor tuman “Qishloqxoʻjalikkimyo” OXJ Yangi Mirishkor shaharchasi 09.05.2015 9-00 Olloberdi madadi MMTP avtosaroyida 6 22. “Mirishkor mashʼali” gazetasi Yangi Mirishkor shaharchasi 10.05.2015 9-00 “Mirishkor- avtokorxonasi” MChJ garajida 1 23. Mirishkor tuman bosmaxonasi Yangi Mirishkor shaharchasi 10.06.2015 9-00 “Mirishkor- avtokorxonasi” MChJ garajida 1 24. Mirishkor tuman Inkasatsiya boʻlimi Yangi Mirishkor shaharchasi 11.06.2015 9-00 Olloberdi — madadi MMTP avtosaroyida garajida 4 25. Jeynov savdo MChJ Jeynov shaharchasi 12.06.2015 9-00 3 26. Boshqa xususiy korxona va firmalar 01.03.2015dan 30.03.2015gacha 9-00 Har qaysisining oʻz massivlari garajida 65 27. Tuman fermer xoʻjaliklari 01.03.2015dan 30.03.2015gacha 9-00 Har qaysisining oʻz massivlari garajida 39
Eslatma: tumanda barcha shaxsiy avtotransport vositalari har kuni soat 8-00 dan 17-00 ga qadar haftaning yakshanba kunidan tashqari Mirishkor tuman IIB YXX G maydonchasida koʻrikdan oʻtkaziladi.
