Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (X-930/10-son)
21.10.2014
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 115 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — 9,6 foiz (11 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — 73,9 foiz (85 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 2,6 foiz (3 kishi);
nogironlar uchun — 3,5 foiz (4 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 2,6 foiz (3 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — 1,7 foiz (2 kishi);
odam savdosidan jabrlanganlar uchun — 0,9 foiz (1 kishi)
boshqa toifalar uchun — 5,2 foiz (6 kishi), shu jumladan, safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 4 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 2 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish oʻrinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati 2-ilovaga va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga berib boradigan axboroti 3-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
3-ilova berilmaydi.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi kerak.
4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasinlar hamda bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori S. Oltiboyevga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Gʻuzor tuman hokimining 2013-yil 14-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-749/10-sonli qarori 2014-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S. Gʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkun qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Sh. DONAYEV
Gʻuzor t.,
2014-yil 21-oktabr,
X-930/10-son
Tuman hokimining 2014-yil 21-oktabrdagi X-930/10-sonli qaroriga 1-ILOVA
Gʻuzor tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida maxsus ishchi komissiya
tarkibi
T/r F. I. Sh Lavozimi 1. S. Gʻaniyev Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi 2. R. Eshqobilova Tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari Aʼzolari 3. S. Oltiboyev Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, Ishchi komissiya raisi kotibi 4. A. Yuldoshev Tuman IIB boshligʻi 5. X. Muxammadiyev Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. D. Abdurahimov Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi 7. J. Toʻrayev Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 8. A. Rajabov Tuman byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi 9. X. Oʻrinov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Tuman kengashi raisi 10. Sh. Mahmudov “Mahalla” jamoat fondi, Tuman boʻlimi raisi 11. B. Ismatov Tuman TMEKlar raisi
Tuman hokimining 2014-yil 21-oktabrdagi X-930/10-sonli qaroriga 2-ILOVA
Gʻuzor tumani boʻyicha 2015-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan tashkilotlar
ROʻYXATI
