2015-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (X-290/02-son)
16.02.2015
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimining
qarori
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholining (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek tumanning qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlaring tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori 15 foiziga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlansin.
4. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli, korxona, tashkilot va muassasalardagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Ahmedov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomining 23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinadigan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining;
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — 50 (ellik) foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 (ellik) foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — 75 (yetmish besh) foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 (yigirma besh) foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda shuningdek, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoʻyidagi miqdorda:
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarning koʻpi bilan 75 (yetmish besh) foizi;
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarning koʻpi bilan 50 (ellik) foizi qoplansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomning 26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, tuman Bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
8. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari zimmasiga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashayotgan fuqarolar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (tabel) har oyning 25-sanasiga qadar tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilib borish hamda ularga ish haqlarini toʻliq oʻz vaqtida oyma-oy toʻlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 12-maydagi X-748/05-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Doverov hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori S. Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Hokim A. JOʻRAYEV
Yakkabogʻ t.,
2015-yil 16-fevral,
X-290/02-son
Tuman hokimining 2015-yil 16-fevraldagi X-290/02 sonli qaroriga 1-ILOVA
Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari
roʻyxati
T/r Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etadigan tashkilot nomi Hak toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari Jalb qilinadigan shaxslar soni Jamoat ishlarini tashkil qilish davri 1. “Osiyo” qurilish korxonasi Qurilish ishlari 4 mart 2. “Agrotexservis” MChJ Keys operatorlari 3 aprel 3. “Miran pardoz” KTK Qurilish ishlari 4 aprel 4. “Daryo oqimi” fermer xoʻjaligi Qishloq xoʻjalik ishlari 2 aprel 5. “Norbibi Xolmirzayevna” fermer xoʻjaligi Qishloq xoʻjalik ishlari 2 may 6. “Minjir” fermer xoʻjaligi Qishloq xoʻjalik ishlari 3 may 7. “Nugayli Toshariq” fermer xoʻjaligi Qishloq xoʻjalik ishlari 2 may 8. “Ulugʻbek” bolalar yozgi oromgohi Dam olish maskani 8 iyun 9. “Binokor” bolalar yozgi oromgohi Dam olish maskani 8 iyul 10. “Bobomurod Goyipov” fermer xoʻjaligi Qishloq xoʻjalik ishlari 4 avgust
Tuman hokimining 2015-yil 16-fevraldagi X-290/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
