Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi va tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida (9/2-son)
31.01.2015
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Nishon tumani Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil 52 (I)-son) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil 9-sonli, 232-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil 50-son, 590-modda) ijrosi yuzasidan yer soligʻi toʻlovlarini oʻz vaqtida mahalliy budjetga undirilishini taʼminlash, yer soligʻi toʻlash stavkalari asosida hududdagi zona chegaralarini belgilash va tariflarini joriy qilish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qaroriga muvofiq oʻrnatilgan stavkalar asosida Nishon tumani hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yer soligʻini toʻlash stavkalari boʻyicha Nishon tumanining hududiy zona chegaralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Nishon tuman Davlat soliq inspeksiyasi (U. Mirzayev)ga:
ilovaga muvofiq tasdiqlangan zonalar hududi boʻyicha yer soligʻini toʻlovchilardan soliqlarni hisoblash va undirish;
barcha qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyoz toʻgʻrisida, shuningdek soliqlarning oʻz vaqtida toʻlab borilishi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyori-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda faollar ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimining 2014-yil 6-martdagi X-297/03-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Z. Baratov zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi M. XAYITMURODOV
Nishon t.,
2015-yil 31-yanvar,
9/2-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2015-yil 31-yanvardagi 9/2-sonli qaroriga 1-ILOVA
Nishon tuman hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalardan foydalanganlik uchun yer soligʻi
STAVKALARI
Tuman Yer soligʻi stavkalari, undirilishi Yuridik shaxslardan 1 ga uchun, summa Fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan 1 kv.m. uchun, soʻmda. I zona II zona III zona IV zona I zona II zona III zona IV zona 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Nishon tumani 8589125 7272363 5955602 80 65,6 54,6
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2015-yil 31-yanvardagi 9/2-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yer soligʻini toʻlash stavkalari boʻyicha Nishon tumanining hududiy zona
chegaralari
T/r I zona II zona III zona IV zona 1. Yangi Nishon shahri Talimarjon shahri Yuksalish MFY 2. Nuriston qoʻrgʻoni Ibn Sino MFY 3. Oydin QFY Guliston MFY 4. Nishon QFY Istiqbol MFY 5. Balxiyak QFY A.Qodiriy MFY 6. Oq oltin QFY Kaptarli MFY 7. Navroʻz QFY Shirinobod QFY 8. Paxtazor QFY Qirqquloch QFY 9. Samarqand MFY Yangiobod MFY 10. Paxtaobod MFY
