Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
03.02.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati, quyida “Tomonlar” deb atalib,
ikkala davlat oʻrtasidagi mavjud doʻstlik munosabatlarini yuqori baholab,
ikkala davlat manfaatlari munosabati bilan iqtisodiyotini rivojlantirib, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash istagida,
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun shartnoma-huquqiy asoslarni va maqbul sharoitlarni tuzishga intilib,
xalqaro huquq normalari, tenglik, oʻzaro foyda prinsiplariga muvofiq va ikki davlatlarning amaldagi qonunchiligi doirasida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar oʻz davlatlarida amalda boʻlgan qonunchilik asosida uzoq muddatli va turgʻun asosda oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni, ikkala davlat xoʻjalik faoliyatining subyektlari (quyida “subyektlar” deb ataladi) oʻrtasida tashqi iqtisodiy aloqalarini qoʻllab-quvvatlaydilar, quyidagi sohalarda:
qishloq xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish, saqlash va tashish;
yengil sanoat, jumladan, oliy sifatli, raqobatgir tayyor mahsulot ishlab chiqarish,
elektron va elektr texnika sanoati;
kimyoviy, jumladan, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish;
mashinasozlik;
sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va meditsina sanoati;
qurilish sanoati, qurilish materiallar va asbob-uskunalar sanoati;
oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi, boshqa sohalar.
2-modda
Tomonlar oʻz davlatlarida amalda boʻlgan qonunchilik asosida qoʻshma tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga, iqtisodiy sohada, subyektlar uchun oʻzaro qiziqish uygʻotadigan bevosita sarmoya qoʻyishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Tomonlar subyektlar oʻrtasidagi delegatsiyalar tashrifi, yarmarkalar va koʻrgazmalar tashkil qilish va ularda ishtirok etish, maʼlumotlar bilan almashish va shunga oʻxshash aloqalarni ragʻbatlantiradilar va qoʻllab-quvvatlaydilar.
Tomonlar zarur hollarda va oʻzaro kelishib, oʻz davlatlarida amaldagi qonunchilik asosida subyektlarning vakolatxonalari va/yoki filiallari ochilishiga koʻmaklashadilar.
3-modda
1. Tomonlar bir birlariga bojxona toʻlovlari va boshqa yigʻimlarga, hamda tovarlarni olib kirish va chiqishdagi shunday bojxona toʻlovlariga va yigʻimlarga nisbatan mumkin qadar qulaylik rejimini yaratadilar.
2. Tomonlar bir birlariga oʻzaro savdodagi eksport va import qilingan tovarlarga litsenziyalarni miqdoriy cheklash va berishni qoʻllashga nisbatan nodiskriminatsion rejimini yaratadilar.
3. Ushbu moddaning 1 va 2 bandlarining qoidalari quyidagilarga tegishli emas:
a) Tomonlardan har biri qoʻshni davlatlarga chegara oldi savdolarini yengillashtirish uchun bergan yoki berishi mumkin boʻlgan imtiyozlar;
b) Tomonlardan biri erkin savdo zonalarida, bojxona ittifoqlarida yoki boshqa regional bitimlarda qatnashish natijasida berilgan yoki berishi mumkin boʻlgan imtiyozlar.
4. Ushbu Bitimning qoidalari har bir Tomonning:
milliy xavfsizlikni himoya qilish;
kishilar hayoti va sogʻligini himoya qilish, jonivorlar va oʻsimliklar kasalliklarning oldini olish;
milliy badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tovarlar eksporti/importini zarur hollarda taqiqlash yoki cheklash huquqini cheklamaydi.
Bunday taqiqlash va cheklashlar ikkala davlat oʻrtasidagi savdoni asoslanmagan diskriminatsiya qilish yoki yashirin cheklashlar vositasi boʻlishi mumkin emas.
4-modda
Tovarlar yetkazish va xizmatlar koʻrsatish subyektlar oʻrtasida kontraktlar asosida, dunyo baholari, har bir davlatda amaldagi qonunchilik va xalqaro savdo praktikasiga muvofiq amalga oshiriladi.
5-modda
Oʻzbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasidagi tijoriy va tijoriy xarakterda boʻlmagan hisoblar va toʻlovlar, har bir davlatda amaldagi qonunchilik asosida, xalqaro bank operatsiyalari bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan banklar orqali erkin muomaladagi valyutada, agar Tomonlar boshqalar toʻgʻrisida kelishib olmasalar amalga oshiriladi.
6-modda
Subyektlar har bir mamlakatning amaldagi qonunlariga muvofiq bir-birlariga tovarlar yetkazish va savdo-sotiq hamkorligining har qanday shaklida xizmat koʻrsatish (kompensatsiya asosida, barter, lizing, kimoshdi savdosi va hakozolar) huquqiga egadirlar.
7-modda
Subyektlar oʻrtasidagi daʼvolar kontraktlarni imzolagan Tomonlar oʻrtasida kontraktlar yoki alohidagi yozma bitimlarga muvofiq hal qilinadi.
8-modda
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
9-modda
1. Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan talablar har bir mamlakatda amal qilayotgan qonunlarga muvofiq bajarilganini bir-biriga xabar qilgan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi istagini ikkinchi Tomonga bildirgan kundan boshlab olti oyga qadar oʻz kuchini saqlaydi.
2. Ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtatilgandan soʻng uning qoidalari ushbu Bitim amal qilayotgan davrda qabul qilingan va uning amal muddati tamom boʻlgunga qadar bajarilmagan barcha majburiyatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Toshkent shahrida, 1994-yil 3-fevralda, ikki nusxada, har biri oʻzbek va vyetnam tillarida tuzildi, har ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitimning har bir nusxasiga uning rus tilidagi rasmiy tarjimasi ilova qilinadi. Mazkur Bitimning sharhlarida kelishmovchilik paydo boʻlsa, Tomonlar ruscha tarjimaga amal qiladilar.
(imzolar)
