Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida (PF-4703-son)
11.02.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qarorlariga muvofiq Bosh vazir lavozimiga Sh.M. Mirziyoyev tasdiqlangan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich — Bosh vazir qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi rahbari, 1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi Azimov Rustam Sodiqovich — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari, 1. Iqtisodiyot vazirligi 2. Moliya vazirligi 3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 5. Davlat soliq qoʻmitasi 6. Davlat bojxona qoʻmitasi 7. Davlat statistika qoʻmitasi 8. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi Zokirov Botir Irkinovich — Bosh vazir oʻrinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari, 1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi Ibragimov Gʻulomjon Inomovich — Bosh vazir oʻrinbosari geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari, 1. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi Rozuqulov Ulugʻbek Ubaydullayevich — Bosh vazir oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari Ikromov Adham Ilhomovich — Bosh vazir oʻrinbosari madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari, 1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2. Xalq taʼlimi vazirligi 3. Sogʻliqni saqlash vazirligi 4. Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi Bositxonova Elmira Irkinovna — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
Vazirliklar Saidova Galina Karimovna — Iqtisodiyot vaziri Gʻaniyev Elyor Majidovich — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Abduhakimov Aziz Abduqaharovich — Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Teshayev Shuhrat Joʻraqulovich — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Mirzohidov Xurshid Mirsobirovich — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Berdiyev Qobul Raimovich — Mudofaa vaziri Ahmedboyev Adham Akramovich — Ichki ishlar vaziri Komilov Abdulaziz Xafizovich — Tashqi ishlar vaziri Ikromov Muzraf Mubarakxodjayevich Adliya vaziri Alimov Anvar Valiyevich — Sogʻliqni saqlash vaziri Vahobov Alisher Vosiqovich — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inoyatov Ulugʻbek Ilyosovich — Xalq taʼlimi vaziri lavozimi boʻyicha — Madaniyat va sport ishlari vaziri Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich — Favqulodda vaziyatlar vaziri Davlat qoʻmitalari Parpiyev Botir Rahmatovich — Davlat soliq qoʻmitasi raisi Dusanov Zohid Abduqayumovich — Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Toʻrayev Botir Eshboyevich — Davlat statistika qoʻmitasi raisi Hidoyatov Davron Abdulpattaxovich — Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Arabov Saidqul Amirovich — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi Toʻramuratov Ilhomboy Bekchonovich — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari etib tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-fevral,
PF-4703-son
