Toshkent shahri boʻyicha 2015-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida (337/4-40-son)
10.12.2014
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri boʻyicha 2015-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hamda tuman hokimliklariga 2015-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilishi va ijro etilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akramov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M.Asamov) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi R. USMANOV
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi 337/4-40-sonli qaroriga ILOVA
Toshkent shahri boʻyicha 2015-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar
stavkalari
* Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida yagona hisoblanadi.
** Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin va dizel yoqilgʻisi sotilishida, avtotransport vositalari uchun benzin, dizel va gaz yoqilgʻisiga hisoblanadigan soliq har bir litrdan, boshqa hollarda har bir tonna hisobidan amalga oshiriladi.
*** Yigʻim, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda Toshkent shahar hokimligi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi.
