Tumanda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob- uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (89-q-son)
18.02.2015
Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son, 229-modda)ga asosan viloyat “Davtexnazorat” inspeksiyasining 2015-yil 17-yanvardagi 1-a-sonli qabul qilingan buyrugʻini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1-ilova berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi M. Urunovga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktorlar, tirkamalar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarining texnik pasportlarini, nazorat texnik talonlarini, davlat raqam belgilarini haqiqatdan mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlar tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim v.b B. ERGAShEV
Nurobod t.,
2015-yil 18-fevral,
89-q-son
Tuman hokimining 2015-yil 18-fevraldagi 89-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
T/R Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Oʻtkazilish muddati 1. Qarakulcha Nurobod maskani MMTP 20.02.2015-yil soat 10-00 2. Jarquduq osmonimda porlagan yulduz MMTP 21.02.2015-yil soat 10-00 3. Oʻzbekiston Sh/x 21.02.2015-yil soat 12-00 4. Nurbuloq sardorlari tulpori MMTP 23.02.2015-yil soat 10-00 5. Kattaqoʻrgʻon Sh/x 23.02.2015-yil soat 16-00 6. Sahoba ota Sh/x 24.02.2015-yil soat 10-00 7. Toshquduq ishonch gavhari MMT� 25.02.2015-yil soat 10-00 8. Olgʻa Sh/x 26.02.2015-yil soat 10-00 9. Jom chashmasi MMTP 27.02.2015-yil soat 10-00 10. Sazagʻon MMTP 28.02.2015-yil soat 10-00 11. Kallamatepa mashʼali sarobixiyo MMTP 01.03.2015-yil soat 10-00 12. Agrotexservis MChJ 02.03.2015-yil soat 10-00 13. Qishloq xoʻjalikkimyo tuman filiali 03.03.2015-yil soat 10-00 14. Tuman yoʻl qurilish boʻlimi 04.03.2015-yil soat 10-00 15. A. Temur MMTP 05.03.2015-yil soat 10-00
