Tumanda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, uskunalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (135-q-son)
14.02.2015
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) asosan viloyat “Davtexnazorat” inspeksiyasining 2014-yil 13-yanvardagi 1a-sonli buyrugʻini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi O. Amonovga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktorlar, tirkamalar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarining texnik pasportlarini, nazorat texnik talonlarini, davlat raqam belgilarini haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushishi lozim boʻlgan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 6-fevraldagi 6-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim P. AXMEDOV
Tayloq t.,
2015-yil 14-fevral,
135-q-son
Tuman hokimining 2015-yil 14-fevraldagi 135-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Traktor va tirkama, oʻzi yurar shassilar, meliorativ, yoʻl qurilish mashinalari asbob-uskuna va jihozlarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi
TARKIBI
O. Aminov — Tayloq tuman “Davtexnazorat”i bosh muhandis inspektori, ishchi guruh rahbari AʼZOLARI A. Xudoyberdiyev — “Tayloq agrotexservis” MChJ rahbari U. Botirov — “Baxshtepa” agrotexservis agrofirmasi mutaxassisi.
Tuman hokimining 2015-yil 14-fevraldagi 135-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Traktor va tirkama, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari asbob-uskuna va jihozlarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
MUDDATI
T/r Agrofirma va tashkilotlar nomi Oʻtkazish muddati 1. “Davlatobod Agrotexservis” agrofirmasi 16.02.2015 2. “Sohibkor Agrotexservis” agrofirmasi 17.02.2015 3. “Koʻshchinor Agrotexservis” agrofirmasi 19.02.2015 4. “R. Saydnazarov Agrotexservis” agrofirmasi 20.02.2015 5. “Baxshtepa Agrotexservis” agrofirmasi 21.02.2015 6. “Vorsin Agrotexservis” agrofirmasi 23.02.2015 7. “Olmazor Agrotexservis” agrofirmasi 24.02.2015 8. “Tepaqishloq Agrotexservis” agrofirmasi 26.02.2015 9. “Jumabozor Agrotexservis” agrofirmasi 27.02.2015 10. “Bogʻizogʻon Agrotexservis” agrofirmasi 28.02.2015 11. “Gulba Agrotexservis” agrofirmasi 2.03.2015 12. “Elipok Agrotexservis” agrofirmasi 3.03.2015 13. Tuman MTP AJ, Agrotexservis MChJ 4.03.2015 14. Avtomobil yoʻllar boshqarmasi 5.03.2015 15. Ilmiy tayanch punkti,Uz VITI 6.03.2015 16. Zulfat korxonasi 7.03.2015 17. Agronamuna 9.03.2015 18. Fermer xoʻjaliklari 10.03.2015 19. Qurilish tashkilotlari 11.03.2015
