Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (24-son)
27.01.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 75-moddasiga muvofiq hamda xizmat turar joylari berish va ulardan foydalanishning meʼyoriy-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda xizmat turar joylarini xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ulardan foydalanishni tartibga solishga doir aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 27-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xizmatga bogʻliq boʻlgan uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida” 1969-yil 18-iyuldagi 340-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 6-son, 60-modda).
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaharlar, posyolkalar va aholi yashaydigan boshqa punktlarni gaz bilan taʼminlashning xavfsizlik darajasini oshirish choralari toʻgʻrisida” 1970-yil 4-yanvardagi 4-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 3-martdagi 106-son qarorining 3-bandi (OʻzSSR QT, 1970-y., 4-son, 20-modda).
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlari ijroiya komitetlarining turar-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash hamda foydalanish boʻyicha ishidagi jiddiy kamchiliklari toʻgʻrisida” 1971-yil 23-noyabrdagi 565-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent shahar xoʻjaligini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1972-yil 18-maydagi 208-son qarorining 18-bandi.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat munosabatlari sababli xizmat yuzasidan turar-joy berilishi mumkin boʻlgan xodimlar kategoriyalarining roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1986-yil 30-iyuldagi 369-son qarori (OʻzSSR QT, 1986-y., 7-son, 30-modda).
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat qilish munosabati bilan xizmatga bogʻliq uy-joy berilishi mumkin boʻlgan xodimlar kategoriyalari roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1989-yil 3-iyuldagi 211-son qarori (OʻzSSR QT., 1989-y., 7-8-son, 19-modda).
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xizmat yoʻli bilan uy-joy beriladigan xodimlar kategoriyalarining roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1989-yil 14-oktabrdagi 337-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-y., 10-son, 28-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat qilish munosabati bilan xizmatga bogʻliq boʻlgan uy-joy berilishi mumkin boʻlgan xodimlar toifalarining roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-fevraldagi 63-son qarori.
