Zarbdor tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida (937-son)
24.12.2014
Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 991-II-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2014-y., 50-son, 590-modda) va viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi “Jizzax viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida”gi 297-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori va viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2015-yil uchun:
Zarbdor tumanining 2015-yilga asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga muvofiq;
Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2015-yilgi asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Zarbdor tumani mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan maqsadli subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Zarbdor tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga muvofiq;
Zarbdor tumani mahalliy budjeti aylanma kassa naqd pul mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 6-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroridagi tegishli ilovalar bilan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
respublikada ishlab chiqariladigan va roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorda;
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur PQ-2270-sonli qarorining 25-ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanishi;
qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari mazkur qarorning 11-ilovasiga muvofiq tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab:
“Oʻztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qoʻshimcha haqi bir kubometriga 400 soʻm miqdorida;
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2270) qarorining 27-ilovasiga muvofiq taqsimlangan holda, oyiga 750,0 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Hududlarning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
6-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
7-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
tumanda ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;
chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;
12-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda tuman mahalliy budjet daromadlariga oʻtkazilsin.
Shuningdek, mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab tuman mahalliy budjetiga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Tuman hokimligi iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda Davlat soliq inspeksiyasiga viloyat Iqtisodiyot, Moliya va Davlat soliq boshqarmalari bilan kelishilgan holda:
ikki hafta muddatda hududning subvensiya olish darajasini pasaytirish Dasturini ishlab chiqish va tuman hokimligiga kiritish;
2015-yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish, tushumlarning qoʻshimcha rezervlarini topish va hududda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish boʻyicha tuman hokimligiga takliflar kiritish;
subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturini amalga oshirishning borishi va mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish chora-tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni har chorakda tuman hokimligiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
Belgilansinki, mahalliy budjetning daromadiga qoʻshiladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar budjet parametrlarida koʻzda tutilmagan xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin emas.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining tuman tibbiyot birlashmasida xizmat koʻrsatilayotgan aholi sonini hisobga olgan holda, kasalliklar yoʻnalishi boʻyicha profil oʻrinlar diapazonini belgilashni nazarda tutuvchi oʻrinlar fondini aniqlashning normativ usuliga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinganligi va bu toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi bir oy muddatda ishlab chiqilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
10. Tuman Xalq taʼlimi va kasb-hunar kollejlari tuman moliya boʻlimi bilan birgalikda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olib, umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarining namunaviy shtatlarini yanada takomillashtirish ishlarini davom ettirsin, unda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga informatika xonasi mudirligi uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishni hamda dasturchi muhandis lavozimini maqbullashtirishni nazarda tutsin.
11. Ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari quyidagicha belgilansin:
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun toʻlov miqdori 13-ilovaga muvofiq;
bolalarni bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitish uchun toʻlov miqdorlari 14-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan doimiy muassasalarni tashkil etib, faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish doirasida tovarlar olib kirish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
14. Tuman hokimligi moliya boʻlimining tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi asosiy koʻrsatkichlarini aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Tuman moliya va gʻaznachilik boʻlimlari va tegishli tijorat banklari bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2014-yilgi tuman mahalliy budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotida aks ettirgan holda, 2014-yilgi tuman mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2270) qarorining 36-ilovasiga muvofiq 2015-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
16. Tuman hokimligining tegishli boʻlimlari va tashkilotlar bir hafta muddatda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
17. Mazkur qaror “Zarbdor” gazetasida eʼlon qilinsin.
18. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Abdusaidov zimmasiga yuklatilsin.
19. Ushbu qaror 2015-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Hokim E. GʻAYBULLAYEV
Zarbdor sh.,
2014-yil 24-dekabr,
937-son
Tuman xokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 1-ILOVA
Zarbdor tumanining 2015-yilga asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
(oʻtgan yilga nisbatan foiz hisobida) Koʻrsatkichlar 2015-yilga istiqbol koʻrsatkichlari Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) 108,4 Isteʼmol narxlar indeksi, 2014-yil dekabr oyiga nisbatan 8 Sanoat mahsulotlari hajmi 110,6 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 107,5 Kapital qoʻyilmalar hajmi 103,5 Chakana tovar aylanishi hajmi 118,5 Pullik xizmat 119,0
Tuman xokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 2-ILOVA
Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2015-yilgi
ASOSIY PARAMETRLARI
Koʻrsatgichlar ming soʻm I. Daromadlar — hammasi 15 710 900,0 1. Toʻgʻri soliqlar 9 107 600,5 1.1 Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi 239 120,2 1.2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq tulovidan Davlat budjetiga ajratmalar 584 819,0 1.3 Yagona soliq tulovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1 418 897,5 1.4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 6 238 478,1 1.5 Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy sh�xslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 626 285,7 2. Egri soliqlar 1 960 987,8 2.1 Qoʻshilgan qiymat soligʻi 690 824,8 2.2 Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 1 270 163,0 3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi 3 820 080,5 3.1 Mol-mulk soligʻi 1 829 834,0 3.2 Yer soligʻi 1 959 009,4 3.3 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 31 237,0 4. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 34 919,8 5. Boshqa daromadlar 787 311,5 Koʻrsatkichlar ming.soʻm I. Xarajatlar — jami 35 598 300,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari — jami 33 099 367,6 jumladan: 1.1 Maorif 20 343 350,3 1.2 Sogʻliqni saqlash 8 237 976,5 1.3 Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 247 249,7 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 243 217,6 sport 4 032,1 1.4 Ijtimoiy taʼminot 63 574,8 1.5 Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 4 207 216,3 voyaga yetmagan bolalari bor oilalarga nafaqa 1 381 125,6 bolalari 2 yoshga toʻlguncha onalarga toʻlanadigan nafaqa 2 539 309,4 kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam 286 781,3 2. Iqtisodiyot xarajatlari — jami 1 506 899,1 jumladan: 2.1 Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 160 278,2 2.2 Obodonlashtirish 1 346 620,8 3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 551 433,4 4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 440 600,0
Tuman xokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 3-ILOVA
Zarbdor tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromadlar va xarajatlar xajmlari, viloyat budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan
MIQDORLARI
(ming.soʻm) Xudud nomi Daromadlar Xarajatlar Subvensiya Oʻtkazib beriladigan daromadlar Zarbdor 15 710 900,0 35 598 300,0 19 887 400,0 —
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilda Zarbdor tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Yuridik shaxslarning daromad (foyda) soligʻi Savdo va umumiy ovqatlanish korxonlaridan yagona soliq tulovidan Davlat budjetiga ajratmalar Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda Qoʻshilgan qiymat soligʻi Jismoniy shaxslar daromad soligʻi Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi Aksiz soligʻi, shu jumladan oʻsimlik (paxta) moyi Suv resurslaridan foydalan-ganlik uchun soliq 100 100 100 100 100 100 100 100
Tuman xokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 5-ILOVA
Zarbdor tumani mahalliy budjeti aylanma kassa nakd pul mablagʻining eng kam zarur
MIQDORLARI
(ming soʻm) Hudud nomi aylanma kassa nakd pul miqdori Zarbdor 130700
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha belgilangan soliqlarning bazaviy stavkalari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlar
T/r Faoliyat turi Soliq toʻlovchilar Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik koʻrsatkichlar Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) tumanlar, qishloq joylari qoʻshilgan xolda 1. Avtotransportni qisqa muddat saqlash uchun joylar yuridik shaxslar egallagan maydon (1 kv.metr) 0,04 2. Bolalar oʻyin avtomatlari yuridik va jismoniy shaxslar jihozlangan oʻrinlari soni (bir birlikda) 1,0
Izoh:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2015-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (118 400 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitoblari taqdim etilganda, hisobga olinmagan birlik koʻrsatgichlari aniqlanganda, bu holat soliqqa tortiluvchi obyektni yashirish deb hisoblanadi.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 7-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy soliqlarning bazaviy stavkalari
T/r Faoliyat turi Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) tumanlar, qishloq joylari qoʻshilgan holda 1. Chakana savdo oziq-ovqat tovarlari bilan 3,0 dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan * 2,0 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 0,5 nooziq-ovqat tovarlari bilan 3,0 oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (statsionar nuqtalardagi aralash savdo) 3,0 2. Maishiy xizmatlar, 3-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari 0,5 3. Sartaroshli� xizmatlari koʻrsatish, manikyur, pedikyur, kosmetika va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar 1,0 4. Xususiy maxsulot ishlab chiqarish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish 1,0 5. Boshqa faoliyat turlari 1,0 6. Avtomobil transportida yuklarni tashishga oid xizmatlar: 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 2,0 8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 3,0 8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 4,0
* Dehqon xoʻjaligida parvarishlangan, ham tirik koʻrinishda, ham ularni soʻyib, xom va qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlari sifatida chorva mollari, quyonlar, nutriyalar, baliq, parrandani, shuningdek natura va qayta ishlangan koʻrinishda asalarichilik va dehqonchilik (gulchilikdan tashqari) mahsulotlarini sotish bundan mustasno.
Etishtirilgan qishloq xoʻjaligi maxsulotlari uchun fuqarolar tomonidan unga yoki oilasiga ajratilgan yer maydonida ishlab chiqarilganligini joydagi Davlat hokimiyati organi, oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik boshqaruvi, bogʻdorchilik-polizchilik uyushmalari tomonidan berilgan tegishli shakldagi tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilganda soliq toʻlovidan ozod etiladi.
Izoh:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2015-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (118 400 sum) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxs:
a) bir necha faoliyat turi bilan shugʻullansa har bir faoliyat turi uchun alohida soliq toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi shart.
v) davlat roʻyxatidan oʻtmagan hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda, soliq hududlar stavkalari oʻrtasidagi ijobiy farqini olgan holda toʻlanadi. Shunda stavkalar oʻrtasidagi ijobiy farq tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtgan hududga toʻlanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan taqdirda, hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyat turiga belgilangan qatʼiy soliq stavkalari boʻyicha bir yillik miqdorida soliq undiriladi, ammo jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan vaqtdan 30 kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan xollar bundan mustasno. Bunday jismoniy shaxsga qatʼiy belgilangan soliqning bir yillik miqdorini Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq shu davrdagi qatʼiy soliq boʻyicha majburiyatlar hisobidan 12 oy davomida toʻlash huquqi beriladi.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 8-ILOVA
Zarbdor tumani hududida joriy qilingan mahalliy soliqlar va yigʻimlar
MEʼYORIY STAVKALARI
№ Soliq va yigʻim turi Meʼyoriy stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi korxona ixtiyorida qoladigan sof foydaning 8% i 2. Isteʼmol uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq: * transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm / 1 tonna uchun 385 200 sum** transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm / 1 tonna uchun 385 200 sum** transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 240 soʻm 3. Chakana savdo qilish huquqi uchun litsenzion yigʻim *** Alkogolli mahsulotlar, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol maxsulotlarni sotishni qoʻshgan holda bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 5 barobari mikdorida qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 3,5 barobari miqdorida 4. Avtotransport vositalarini saqlash joylarida koʻrsatiladigan pullik hizmatdan yigʻim **** eng kam oylik ish xaqining 2 barobari
Izoh:
* Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar hajmi tumanning barcha hududlarida yagona hisoblanadi.
** Yuridik va jismoniy shaxslarga benzin, dizel yonilgʻisi va gazning yonilgʻi quyish shohobchalari orqali sotilganda transport vositalari uchun benzin, dizel yonilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliq 1 litr hisobidan hisoblanadi, boshqa holatlarda 1 tonna hisobidan hisoblanadi.
*** Yigʻim yagona xisob raqamga tushib, undan keyin Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga asosan budjetga va tuman hokimligining budjetdan tashqari (maxsus) hisob raqamiga taqsimlanadi.
**** Yigʻim miqdori viloyat markazida eng kam ish haqining 3 barobaridan, boshqa aholi punktlarida eng kam ish haqining 2 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishi lozim.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 9-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq toʻlovi stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda
№ Toʻlovchilar soliq solinadigan bazaga soliq stavkasi %da 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan korxonalar 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-band hisobga olinmagan holda) joylashuvga qarab* Jizzax shahri 4 Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1 3. Ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar (5-band hisobga olmagan holda): 5 4. “Sharobsavdo”ning hududiy maxsus bazalari chakana va ulgurja tovar aylanmasi boʻyicha 5 5. Ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dorixonalar joylashuviga qarab: Jizzax shahri 3 Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun bajarilgan xizmatlar hajmidan plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan toʻlovlar oʻrnatilgan stavka 5 %ga pasaytiriladi
* Agarda ulgurji savdo korxonalarining boshqa hududlarda alohida mustaqil yuridik maqomiga ega boʻlmagan savdo shoxobchalari mavjud bulsa, ushbu korxonalar har bir savdo shoxobchalari boʻyicha alohida tovar aylanmasi xisob-kitobini olib, ushbu shoxobchalar joylashgan hududiga belgilangan yagona soliq stavkasini toʻlaydilar
** Borishi qiyin va togʻli aholi punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan № 1868-sonli Yoʻriqnoma asosida va Jizzax viloyati Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati Davlat unitar korxonasi” tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda belgilanadi
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 10-ILOVA
Jismoniy shaxslar uchun mulkni ijaraga berishdan tushadigan ijara toʻlovi
STAVKASI ENG KAM MIQDORLARI
T/r Toʻlovchilar Belgilangan stavkalarni xarakterlovchi oʻlchov koʻrsatkichlari Bir oyga ijara toʻlovlarning eng kam stavka miqdorlari (soʻmda) Boshqa hududlarda 1. Bino Turar joy binosi 1 kv.m umumiy maydon uchun 1 000 Noturar joy binosi 2 000 2. Avtomobil transporti Yengil avtomobil (haydovchi oʻrnini qoʻshmagan holda yukxona va 8 ta yoʻlovchi oʻrindiqdan koʻp boʻlmagan yoʻlovchi tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi) 1 ta avtotransport vositasi uchun 220 000 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari 430 000
Izoh:
Mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 11-ILOVA
Undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari
T/r Toʻlovchilar Eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida 1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati yuklangan yuridik shaxslar 20 2. Jismoniy shaxslar 5
Izoh:
Undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 2015-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (118 400 soʻm) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 12-ILOVA
Mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkaziladigan davlat bojlari, yigʻimlari va jarimalari
№ Nomi 1. Davlat bojlari (alohida faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalarga davlat bojlari va patent bojlari bundan mustasno) 2. Soliq organlari tomonidan solinadigan jarimalar 3. Umumiy yurisdiksiyali sudlar tomonidan solinadigan jarimalar 4. Xoʻjalik sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 5. Boshqa jarimalar, 2 — 4-punktlarda nazarda tutilmagan hollarda 6. Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi Davlat xizmatining hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar
Izox:
Davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar tushumlarining mahalliy budjet va vazirlik hamda idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasidagi taqsimoti belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 13-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni saqlash uchun ota-onalar badali
MIQDORI
T/r Umumtaʼlim muassasasining joylashgan joyi va bir kunlik bola qatnovi vaqti Yasli guruhlar Maktabgacha guruhlarda Taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun Taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* Taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun Taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* I. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida 5 kunlik ish kuni boʻlgan maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida 1 Tuman markazi va boshqa hududlarda bolalar qatnovi 1.1 4-5 soatli 19900 18000 26400 23900 1.2 9-10,5 soatli 52600 48100 69300 63300 1.3 12 soatli 69000 63200 81800 74900 1.4 24 soatli 69000 63200 90100 81400 II. 6-kunlik ish kuni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida 2 Tuman markazi va boshqa hududlarda bolalar qatnovi 2.1 4-5 soatli 23700 21200 31600 28100 2.2 9-10,5 soatli 62300 56400 82500 74800 2.3 12 soatli 81500 73400 97100 87300 2.4 24 soatli 81500 73400 107700 98000
* Taʼlim muassasasida bir oiladan bittadan koʻp bola turli hil yoshdagi guruhlarga qatnaganda, har bir bola uchun ota-onalar badali toʻlovi bola yoshidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish orqali belgilanadi.
Tuman hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi 937-sonli qaroriga 14-ILOVA
Bolalarni bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitish uchun toʻlov
MIQDORI
Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining joylashgan joyi yil boshidagi eng kam oylik ish haqiga nisbatan % xisobida Tuman aholi punktlari 50
