Davlatlararo elektr va pochta aloqasi sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida
09.10.1992
Bitim
Mazkur Bitim bilan aʼzo-davlatlar Hukumatlari, bundan keyin “Tomonlar” deb ataladi,
Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimning 7-moddasiga rahbarlik qilib,
har bir mustaqil davlatning pochta va elektr aloqasi, shu jumladan tovushli va televizion eshittirish sohasidagi oʻz faoliyatini tartibga solishga suveren huquqini tan olgan holda
davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida va davlatlararo munosabatlarda muloqotning alohida rolini hisobga olgan holda
aholiga, tashkilot va korxonalarga axborot texnologiyalarini uzluksiz va ishonchli taʼminlash uchun aloqa vositalaridan samarali foydalanish va rivojlantirishda MDHga aʼzo-davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirishning zarurligi va afzalliklarini anglab,
davlatlararo Bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini tan olgan holda davlatlarning oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlikka tayyorligini qoʻllab-quvvatlashga intilib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar aloqa xizmatlarini koʻrsatish, tarmoq va aloqa vositalarini rivojlantirishni uygʻunlashtirish, ilmiy-texnik va tarif siyosati, kadrlar tayyorlash va aloqa oʻquv yurtlari ishi boʻyicha konsepsiyalarini rivojlantirish, xalqaro aloqa tashkilotlari va ularning organlarida davlatlarning umumiy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.
2-modda
Tomonlar davlatlararo telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta almashinuvlarining barqaror ishlashini taʼminlaydilar.
3-modda
Tomonlar favqulodda vaziyatlarda milliy va davlatlararo aloqa tarmoqlari faoliyatining saqlab qolinishi va ishonchliligini taʼminlashda oʻzaro yordam tashkil etadilar.
4-modda
Tomonlar pul oʻtkazmalarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni saqlab qoladilar, pul oʻtkazmalarlarning birligi (rubl) yordamida operatsiyalari boʻyicha davlatlararo hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
Hamdoʻstlikka aʼzo alohida davlatlar oʻz milliy valyutasini joriy etganda, pul oʻtkazmalari xizmatlari alohida shartnomalar bilan tartibga solinadi.
5-modda
Tomonlar aloqa tarmoqlarining davlatlararo darajada oʻzaro aloqasini taʼminlash uchun aloqa obyektlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiyaning umumiy tamoyillarini kelishib oladilar.
6-modda
Tomonlar muvofiqlashtiradi:
davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan aloqa obyektlarining vositalarini ishlatish, qurish meʼyorlari va qoidalarini;
davlatlararo xizmatlar va aloqa vositalari uchun narxlar va tariflarni shakllantirishni hamda oʻzaro davlatlararo hisob-kitoblarni oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni.
7-modda
Tomonlar aloqa korxonalarida mazkur Bitim ishtirokchilari oʻrtasidagi axborot xabarlarni uzatish texnologik jarayonlari uchun Moskva vaqtidan foydalanishga kelishib va aloqa xizmatlari isteʼmolchilar bilan ishlashda mahalliy vaqtdan foydalaniladilar.
8-modda
Tomonlar aloqa sohasida 1991-yil 17-dekabrda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Aloqa maʼmuriyatlari tomonidan davlatlararo muvofiqlashtiruvchi organ sifatida tashkil etilgan Aloqa sohasidagi hududiy hamdoʻstlik tashkilotini kelishadilar.
9-modda
Tomonlar oʻz hududlarida joylashgan aloqa muassasalarining oʻzaro hamkorligi ichki qonunchiligini hisobga olgan holda (asos qilib) tashkil etilishiga kelishib oldilar.
10-modda
Tomonlar ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni buzganlik uchun oʻzaro javobgardirlar.
11-modda
Tomonlarning birortasi ushbu Bitim rad etish haqida yozma xabar berilganidan 6 oy soʻng ushbu shartnomada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.
12-modda
Ishchi tili rus tili.
13-modda
Mazkur Bitim maqsadlari va tamoyillarini qabul qiluvchi boshqa davlatlar Bitimga qoʻshilishlari uchun ochiq.
14-modda
Bitim Tomonlar uchun imzolanishi yoki unga qoʻshilish paytidan boshlab kuchga kiradi va nomaʼlum muddatga amal qiladi.
Bitim unga qoʻshilgan barcha imzolovchilar va taraflarning roziligi bilan toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
15-modda
1992-yil 9 oktabrda Bishkek shahrida bitta asl nusxada rus tilida imzolangan. Asl nusxasi Belarus Respublikasi Hukumati arxivida saqlanib, mazkur Bitimni imzolagan davlatlarga tasdiqlangan nusxasini yuboradi.
(imzolar)
