2-modda
Hukumatlararo feldyegerlik aloqasi toʻgʻrisida · Sana: 22.01.1993 · Amalda
Hukumatlararo feldyeger xizmati tomonidan yetkaziladigan rasmiy yozishmalar daxlsizdir, xizmat xodimlarini tutilmaydi xibsga olinmaydi. Rasmiy yozishmalarni tashkil etuvchi barcha joylar uning muhimligini koʻrsatuvchi koʻrinadigan tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak.
Oʻz vazifalarini amalga oshirayotgan chogʻida Hukumatlararo kuryerlik xizmati xodimi uning maqomini va rasmiy yozishmalar tashkil qilish joylarining soni koʻrsatuvchi rasmiy hujjat bilan taʼminlanishi kerak boʻlib, mezbon davlat himoyasida boʻladi, shaxsiy daxlsizlik, tashish huquqi, davlat milliy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat qurolini saqlash va foydalanish, ularni hibsga olish hamda ushlab turish mumkin emas, shu bilan birga, ular boshqa davlatning qonunchiligiga rioya qilishi va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishi mumkin emas.
