Jizzax viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (04-son)
05.01.2015
Jizzax viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2009-y., 15-son, 186-modda; 2014-y., 11-son, 123-modda, 21-son, 246-modda, 30-son, 372-modda) ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2014-yil 23-dekabrdagi 227/01-14, 82 va BYu/08-03-32-13/170-sonli davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini inobatga olgan holda viloyatdagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Jizzax viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara toʻlovining eng kam stavkalari 25 foizga kamaytirilishi belgilangan uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxati 2-ilovaga, ijara haqining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Jizzax viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (M. Mamadaliyev):
ijara haqi qiymatini belgilashda mazkur qarorning 1, 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan davlat koʻchmas mulki uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
3. Ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma shartlari buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq jarima undirilishi belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 33-bandiga asosan ijaraga beruvchi ijaraga berilgan davlat mulki toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda viloyat moliya boshqarmasiga maʼlumot taqdim etib borishi belgilansin.
5. Shahar va tuman hokimliklari hududlarda korxona va tashkilotlar tasarrufidagi foydalanilmay boʻsh turgan obyektlarni doimiy xatlovdan oʻtkazib, natijasi boʻyicha maʼlumotlarni har chorak yakuni bilan viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga taqdim etib borsinlar.
6. Davlat mulklarini balansda saqlovchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlariga:
bino va inshootlardan samarali foydalanish choralarini koʻrish, foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga toʻliq va ishonchli taqdim etib borish;
ijara shartnomalarini viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi orqali rasmiylashtirilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin va bu masalalarga shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, balansida saqlovchi yil choragida kamida bir marta oʻzi uning yuritishida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazishga va foydalanilmayotgan davlat mulki aniqlangan taqdirda 10 kun mobaynida ijaraga beruvchiga davlat mulki joylashgan joyini, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflarini koʻrsatgan holda maʼlumotlar taqdim etishga majbur.
8. Viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (I. Mamatqulov) hamda viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (M. Mamadaliyev)ga:
davlat mulkini xatlovdan oʻtkazish, ularni hisobga qoʻyish va ijara shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
davlat mulki boʻyicha ijara toʻlovlarining 50 foizini mahalliy budjet daromadiga yoʻnaltirish, 40 foizini davlat mulkining balansida saqlovchilarga va 10 foizini markazga taqsimlab borilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
9. Viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi (B. Pardayev) davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalarining hisob raqamlari oʻzgargan taqdirda markazni oʻz vaqtida xabardor qilib borsin.
10. Viloyat Moliya boshqarmasi (B. Oʻralov), Nazorat-taftish boshqarmasi (I. Sobirov), Davlat soliq boshqarmasi (A. Mustanov), shahar va tumanlar hokimliklari viloyatdagi davlat tashkilotlari hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻchmas mulklar, bino va inshootlarni ijaraga berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarni markaz orqali rasmiylashtirilishi ustidan nazoratini taʼminlasinlar.
11. Ushbu qaror “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda tegishli tartibda — www.jizzax.uz rasmiy veb-saytda joylashtirilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.
13. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim S. ISMAILOV
Jizzax sh.,
2015-yil 5-yanvar,
04-son
Viloyat hokimining 2015-yil 5-yanvardagi 04-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda Davlat tasarrufidagi koʻchmas mulklarning 1 kv.m. dan foydalanganlik uchun belgilangan eng kam toʻlov tariflari
T/r Faoliyat turi kodi Ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turi 2015-yilda belgilangan eng kam yillik tarif 1 kv. m/sum Sanoat 1. 11 200 Yoqilgʻi sanoati 3 100 2. 13 100 Kimyo sanoati 3 100 3. 13 300 Neft-kimyo sanoati 3 100 4. 14 100 Mashinasozlik 3 100 5. 14 200 Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati 3 100 6. 14 300 Hisoblash texnika vositalari sanoati 3 100 7. 14 400 Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi 2 500 8. 14 500 Qurilish, yoʻl va kommunal soha mashinasozligi 2 500 9. 14 600 Yengil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozligi va maishiy uskunalar ishlab chiqarish 2 500 10. 14 710 Santexnika, gaz uskuna va buyumlari ishlab chiqarish 3 100 11. 14 800 Metallkonstruksiya buyumlari sanoati 3 100 12. 14 900 Mashina va uskunalarni taʼmirlash 3 100 13. 14 780 Mashinasozlikning boshqa sohalari 3 100 Oʻrmonchilik, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozi sanoati 14. 15 100 Oʻrmontayyorlov sanoati 3 100 15. 15 200 Yogʻochni qayta ishlash sanoati 3 100 16. 15 300 Sellyuzali-qogʻoz sanoati 3 100 17. 16 100 Qurilish materiallari sanoati 3 100 Yengil sanoat 18. 17 100 Toʻqimachilik sanoati 3 100 19. 17 200 Tikuv mahsulotlari sanoati * 3 100 20. 17 300 Kunchilik, moʻyna va poyabzal sanoati 3 100 21. 17 900 Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish sohalari 3 100 Oziq-ovqat sanoati 22. 18 100 Qandolat mahsulotlari sanoati (baliq, goʻsht-sut va yogʻ-moy sanoati bundan mustasno) 3 100 23. 18 200 Goʻsht-sut sanoati 3 100 24. 18 300 Baliq mahsulotlari sanoati 3 100 25. 19 210 Don va un mahsuloti ishlab chiqarish sanoati 3 100 26. 19 220 Omixta yem sanoati 2 500 27. 19 700 Oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlari 3 100 Sanoatning boshqa tarmoqlari 28. 19 300 Tibbiyot sanoati 3 100 29. 19 400 Poligrafiya sanoati 8 800 30. 19 740 Matodan boʻlgan buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash ularni yuvish-ishlov berish * 3 750 31. 19 900 Sanoatda xoʻjalik boshqaruvi 8 800 Qishloq xoʻjaligi 32. 21 100 Oʻsimlikshunoslik (jumladan, issiqxona xoʻjaligi) 1 ga 1 260 000 33. 21 200 Chorvachilik (Parrandachil?k) 1 500 34. 21 300 Baliqchilik (shu jumladan chavagʻi) 1 ga 1 260 000 35. 22 200 Veterinariya xizmatlari 3 100 36. 22 300 Qishloq xoʻjaligida boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar 3 100 37. 30 000 Oʻrmon xoʻjaligi ( shu jumladan, bogʻ) 1 ga 1 260 000 Transport va aloqa 38. 51 111 Umumfoydalanuvdagi yer usti temir yoʻl transporti 3 100 39. 51 121 Transport infrastrukturasi (avtopark, taksopark, avtomobil toʻxtash joylari, garajlar, avtomobil yuvish joylari) 3 100 40. 51 121 Transport infrastrukturasi (jarima maydonchasi) 800 41. 51 520 Aholi buyurtmasi boʻyicha yuk tashish xizmatlari va boshqa transport-ekspeditsalar xizmatlari 5 650 42. 52 100 Pochta aloqasi 3 100 43. 52 200 Kuryerlik aloqasi 6 250 44. 52 300 Elektr tarmoqlari aloqasi 6 250 45. 52 300 Elektro, radio, uyali va peydjing aloqalari (antenna machta uskunalari bilan ularni tortib turuvchi simlari qotirma qoziqlari tomonlari oʻlchamlari (perimetri) bilan) 26 400 Qurilish 46. 60 000 Qurilish 3 100 47. 66 000 Loyihalashtirish, loyiha-tadqiqot muassasalari 3 100 Savdo va umumiy ovqatlanish 48. 71 100 Ulgurji savdo 8 800 49. 71 130 Tovarlar savdosi bilan shugʻullanuvchi (xizmatlar) partiyalar, ulgurji bozor 22 650 50. 71 200 Chakana savdo 8 800 51. 71 300 Umumiy ovqatlanish * 8 800 52. 71 200 Kitob doʻkonlari * 1 200 53. 71 400 Madaniy-maishiy va kundalik xoʻjalik ahamiyatga ega buyumlarni ijaraga berish 8 800 54. 71 500 Xalq isteʼmoli mollari oldi-sotdisi boʻyicha vositachilik xizmatlari 13 800 55. 80 000 Material texnik taʼminot va sotish 8 800 56. 82 000 Axborot-hisoblash xizmatlari 8 800 57. 82 100 Internet tarmogʻi va kompyuter xizmatlarini koʻrsatish 8 800 58. 83 000 Koʻchmas mulklar bilan vositachilik xizmatlari 8 800 59. 84 300 Reklama, vakillik xizmatlari 8 800 60. 84 400 Auditorlik xizmatlari 8 800 61. 84 500 Marketing tadqiqot, tijorat faoliyati sohasidagi konsultatsiya, moliya va boshqaruv 8 800 62. 85 000 Geologiya va resurslar qidiruvi, geodeziya va gidrometeorologiya xizmati 15 700 63. 87 100 Tahririyat va nashriyot xizmatlari 5 000 64. 87 300 Metall parchalari va boshqa chiqindilarni yigʻish boʻyicha tayyorlash korxonalari 5 000 65. 90 100 Uy-joy kommunal xoʻjaligi 5 000 66. 90 220 Mehmonxona xizmatlari 10 050 67. 90 300 Aholi uchun noishlab chiqarish maishiy xizmatlari 5 000 68. 90 300 Sartaroshxonalar, fotosalonlar, moda atelyelari, poyabzal taʼmirlash ustaxonalari 7 550 69. 90 300 Lombardlar 11 300 70. 90 300 Hammom 15 100 71. Saunalar 30 200 Sogʻliqni saqlash, jismoniy madaniyat va ijtimoiy taʼminot 72. 91 510 Sogʻliqni saqlash 6 250 73. 91 600 Sayyohlik va dam olish * 6 250 74. 91 611 Koʻngilochar madaniy markazlar (bilyard, oʻyin avtomatlari, oʻyinxonalar va boshqalar) 10 050 75. 91 700 Jismoniy madaniyat va sport * 3 100 76. 71 212 Dorixona muassasalari **, optika va tibbiyot uskunalarini sotish doʻkonlari 5 000 Taʼlim 77. 92 100 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash (oʻquv kurslarini qoʻshgan holda) * 5 000 78. 92 200 Ishchilar va boshqa ishlovchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirish * 4 350 79. 92 310 Umumtaʼlim bolalar maktablari (nodavlat umumtaʼlim muassasalari uchun) * 2 500 80. Taʼlim muassasalaridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari (oshxona, zal va yordamchi binolar) * 3 100 81. 92 400 Maktabgacha tarbiya (nodavlat umumtaʼlim muassasalari uchun) 2 500 82. 93 000 Madaniyat va sanʼat * 8 800 83. 93 132 Koʻrgazmalar 7 550 84. 93 145 Maktabdan tashqari taʼlim* 2 500 85. 93 160 Dam olish va istirohat bogʻlari * 6 250 86. 93 170 Botanik bogʻlar va zooparklar * 6 250 87. 93 180 Tahririyat, televideniye va radio 6 250 88. 93 620 Kinostudiya va ovoz yozish studiyalari 10 050 89. 95 000 Ilm-fan xizmatlari 3 750 Moliya-kredit faoliyati 90. 96 000 Moliyaviy, kredit (auditorlik va sugʻurta xizmatlari bundan mustasno), malaka taʼminoti 8 800 91. 96 100 Bank faoliyati 8 800 Boshqa faoliyat turlari 92. 96 200 Sugʻurta 8 800 93. 97 800 Sud va yuridik muassasalar 7 550 94. 97 820 Hamkorlik va advokatlik, huquqshunoslik konsultatsiyalari 7 750 95. 98 000 Jamoatchilik birlashmalari 2 500 96. 80 200 Omborxona binolari 8 800 97. Mulkni Davlat muassasalariga idora sifatida ijaraga berish 3 750 98. Mulkni tijorat tashkilotlariga idora sifatida ijaraga berish 13 800 99. Avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shoxobchalari 10 050 100. Yengil avtomobillar va boshqa transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish 10 050 101. Laboratoriyalar 6 250 102. Toʻlovlar koʻrinishidagi xizmatlar (paynet) 25 200 103. Madaniy meros obyektlari bino va inshootlarida savdo 13 800 104. Madaniy meros obyektlari bino va inshootlarida umumiy ovqatlanish * 12 000 105. Aviakassalar (sh.j. temir yoʻl, transport va boshqalar) 13 800 106. Bankomat 126 100 107. Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish 8 800
* Xududdagi borish kiyin boʻlgan uzoq shahar va qishloqlarda joylashgan davlatga tegishli koʻchmas mulklar uchun ijara haqqi tasdiqlangan eng kam toʻlov tarifdan 25 foizga pasaytiriladi. Borish kiyin boʻlgan uzoq shahar va qishloqlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Davlat tasarrufidagi koʻchmas mulklardan foydalanganlik uchun belgilangan eng kam toʻlov tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari bilan tasdiqlanadi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2009-yildagi 07/10-41 sonli yigʻilishi bayonining 11-bandiga asosan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, QVPlar qoshida tashkil etilgan dorixona muassasalari uchun Davlat tasarrufidagi mulklardan ijara munosabatlarida foydalanish boʻyicha nol qiymatdagi tarif stavkalari qoʻllaniladi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2012-yildagi 02/1-74-sonli topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi savdo boshqarmasi tarkibiga kiradigan yopiq shaharchalar hamda olis hududlardagi garnizonlar davlat tasarrufidagi mulklarga nisbatan nol qiymatdagi tarif stavkalari qoʻllaniladi.
**** Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 12.06.2013-yildagi 02/02-1-74 sonli topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Basketbol Federatsiyasining yozma murojaatiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport zallarida davlat tasarrufidagi mulkdan foydalangani uchun ijara haqining minimal nol stavkalari qoʻllaniladi.
Viloyat hokimining 2015-yil 5-yanvardagi 04-sonli qaroriga 2-ILOVA
Davlat tasarrufidagi koʻchmas mulklardan foydalanganlik uchun ijara haqi tariflari 25 foizga kamaytirilishi belgilangan uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlari
ROʻYXATI
1. Baxmal tumani boʻyicha: Baxmal QFY, Muzbuloq MFY, Oyqor QFY, Nushkent MFY, Madaniyat MFY, Uzunbuloq QFY, Qatortol MFY, Sangzor QFY, 2. Gʻallaorol tumani boʻyicha: Qoʻytosh ShFY, Koʻkbuloq QFY, Gʻobdin QFY, Qipchoqsuv QFY, 3. Zomin tumani boʻyicha: Charvador QFY, Duoba QFY, Beshkubi QFY, 4. Forish tumani boʻyicha: Arnasoy QFY, Darboza QFY, Omonkeldi QFY, Garasha QFY, Qoraobdol QFY, Uxum QFY, 5. Yangiobod tumani boʻyicha: Xoʻjamushkent QFY, Xovotogʻ QFY.
Viloyat hokimining 2015-yil 5-yanvardagi 04-sonli qaroriga 3-ILOVA
Viloyatda ijara haqi stavkalarini belgilashda hududiy zonalar
ROʻYXATI
1. Ijara haqi stavkalarini belgilashda zonalar boʻyicha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash:
Guruhlar T/r Shahar va tumanlar nomi Zonalar Hududiy zonalar koeffitsiyenti 1. Jizzax shahri 1 2,0 2. Arnasoy, Doʻstlik, Jizzax, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Forish va Gʻallaorol tumanlari 2 1,7 3. Qolgan tumanlar (Baxmal, Zarbdor, Zafarobod, Yangiobod) 3 1,3
2. Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko)
Bunda:
Ts — bir yilga 1 kv.metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi:
Es — bir yilga 1 kv.metr uchun eng kam stavka:
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti:
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, qoʻshimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim yertoʻla, yertoʻla):
1997-yildan keyingi davrda yangi qurilgan alohida joylashgan bino va inshootlardan foydalanish koeffitsiyenti:
1997-yilgacha boʻlgan davrda qurilgan alohida joylashgan bino va inshootlardan foydalanish koeffitsiyenti — 1,0:
bino va inshootning ichki qismi va taqab qurilgan boʻlganda — 0,8:
ijaraga beruvchiga qarashli boʻlgan yer maydonlaridan foydalanilganda — 1,0:
yertoʻla va yarim yertoʻla hamda ijaraga olinayotgan binoning moslashtirilgan qismlarida — 0,6:
tom va mansarda qismlarida — 0,5:
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti: — 0,3 — 0,6:
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar) — 0,4 — 0,8.
