Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (56-son)
11.03.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-mart,
56-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-martdagi 56-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Masʼul vazirlik, idora” ustunining ikkinchi, yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilaridagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. “Masʼul vazirlik, idora” ustunining oltinchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
