Tumanda 2015-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-69/1-son)
27.01.2015
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 21-yanvardagi X-55/1-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Dustmurodov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror matbuotda rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim N. XOLBOYEV
Kasbi t.,
2015-yil 27-yanvar,
X-69/1-son
Tuman hokimining 2015-yil 27-yanvardagi X-69/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining
TARKIBI
Tuman hokimining 2015-yil 27-yanvardagi X-69/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Kasbi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2015-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi Joylashgan manzili Koʻrikdan oʻtadigan kun Vaqti Koʻrik oʻtadigan joyi Transport vositasi soni 1. Tuman hokimligi Mugʻlon shaharchasi 02.03.2015-y 900 R. Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxonasi avtosaroyida 5 2. Tuman OʻzXDP Kengashi Mugʻlon shaharchasi 02.03.2015-y 900 1 3. Jizza mexanik taʼmir MChJ Jizza qishlogʻi 03.06.2015-y 900 2 4. Tuman Moliya boʻlimi Mugʻlon shaharchasi 06.03.2015-y 900 1 5. Mugʻlon Jamoa korxonasi Mugʻlon shaharchasi 07.03.2015-y 900 3 6. Tuman Xalq banki Mugʻlon shaharchasi 12.03.2015-y 900 1 7. Kasbi “Davsuvmaxsus” pudrat DUK Mugʻlon shaharchasi 13.03.2015-y 900 7 8. Kasbi tuman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji Kasbi qishlogʻi 30.03.2015-y 900 5 9. Denov qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji Denov qishlogʻi 02.04.2015-y 900 Qashqadaryo MMTP avtosaroyida 4 10. Kasbi Gazsuv qurilish MChJ Mugʻlon shaharchasi 08.04.2015-y 900 R. Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxona avtosaroyida 1 11. Avtomobil yoʻllari boshqarmasi Mugʻlon shaharchasi 09.04.2015-y 900 7 12. R. Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxona Mugʻlon shaharchasi 08.05.2015-y 900 70 13. Tuman Soliq inspeksiyasi Mugʻlon shaharchasi 14.05.2015-y 900 1 14. Tuman Davlat sanitariya-epidemialogiya markazi Mugʻlon shaharchasi 15.05.2015-y 900 3 15. Tuman Kommunal foydalanish boshqarmasi Mugʻlon shaharchasi 16.05.2015-y 900 4 16. Oʻzbekiston Paxtachilik Ilmiy tadqiqot instituti Mugʻlon shaharchasi 18.05.2015-y 900 3 17. Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi Yangi qishloq 20.05.2015-y 900 3 18. Tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi Mugʻlon shaharchasi 21.05.2015-y 900 5 19. Kasbi bolalar futbol maktabi Xoʻja Kasbi qishlogʻi 22.05.2015-y 900 1 20. Agrokimyotaʼminot OXJ Kasbi filiali Mugʻlon shaharchasi 27.05.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 9 21. Tuman MKT Vatanparvar Mugʻlon shaharchasi 27.05.2015-y 900 9 22. Tuman Kasaba uyushmasi Mugʻlon shaharchasi 28.05.2015-y 900 1 23. Oqqamish jilosi MChJ Oqqamish qishlogʻi 29.05.2015-y 900 2 24. Tuman “Pilla” OXJ Mugʻlon shaharchasi 29.05.2015-y 900 1 25. Kasbi FAR shifo MChJ Mugʻlon shaharchasi 29.05.2015-y 900 1 26. Taraqqiyot MChJ Mugʻlon shaharchasi 29.05.2015-y 900 1 27. Shaxzod XSIChF Boydoqchi qishlogʻi 30.05.2015-y 900 R. Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxonasi avtosaroyida 1 28. Qirqdoʻkon XSIChF Mugʻlon shaharchasi 30.05.2015-y 900 1 29. Tangri Toʻrayev IChF Doʻrmon qishlogʻi 01.06.2015-y 900 1 30. Dilafruz SIChXF Qoraqoʻngʻirot qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 31. Kasbi “Obodon” kichik korxonasi Qodirobod qishlogʻi 03.06.2015-y 900 3 32. Kahhor Bobo SIChXF Xusanov koʻchasi 03.06.2015-y 900 1 33. Abdullayev Karim XSIChF Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 34. Eldorbek Elbek XF Jizza qishlogʻi 03.06.2015-y 900 2 35. Gʻoziyev Oʻlmas IChK Xoʻja Kasbi qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 36. Shonazar Siddikov XF Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 37. Oqqamish Biolog MPTPBP Oqqamish qishlogʻi 03.06.2015-y 900 2 38. Ibrohim Jahongir asali biolabaratoriyasi Jizza qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 39. Quvonchbek Oltiyev XK Denov qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 40. Maxmudova Adolat biolaboratoriya Xoʻjaxayron qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 41. Mugʻlon qurilish taʼmirlash xususiy korxonasi Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 1 42. Samandar Karvon MChJ Oqjangal qishlogʻi 03.06.2015-y 900 Maymanoq Texnika Trans SIChK avtosaroyida 1 43. Koinot Kamolot Agrosanoat MChJ Maymanoq qishlogʻi 03.06.2015-y 900 6 44. Nur koʻp tarmoqli SIChK Qoraqoʻngʻirot qishlogʻi 03.06.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 1 45. Ogʻabek koʻp tarmoqli IChJK Jizza qishlogʻi 03.06.2015-y 900 5 46. Zomin malhami MChJ Jizza qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 47. Oqqayin suvi XIChF Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 48. Kasbi Biomarkazi Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 2 49. Avtooʻquv MChK MChJ Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 R. Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxonasi avtosaroyida 3 50. Komilo qurilish montaj XK Komilon qishlogʻi 03.06.2015-y 900 1 51. Maymanoq Trans Texnika SIChK Maymanoq qishlogʻi 03.06.2015-y 900 Maymanoq Texnika Trans SIChK avtosaroyida 2 52. Maymanoq Sanoat kolleji Maymanoq qishlogʻi 05.03.2015-y 900 3 53. Saodat Said qizi biolaboratoriya Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 R.Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxona avtosaroyida 1 54. Ixlos Xalol Pishloq IChK Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 55. Kasbi Elektro montaj XF Doʻstlik mahallasi 03.06.2015-y 900 1 56. Shirinov Rashid xususiy biolaboratoriya Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 2 57. Malik XSIChF Komilon qishlogʻi 03.06.2015-y 900 2 58. Sharipov Obid Olimovich KTU Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 59. “Agrosugʻurta” DASK Kasbi boʻlimi Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 60. Qashqadaryo telekom Kasbi filiali Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 61. Tuman Pochta boʻlimi Mugʻlon shaharchasi 03.06.2015-y 900 1 62. Agrobank Kasbi tuman filiali banki Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 1 63. Tuman Prokuraturasi Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 1 64. Tuman Sudi Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 1 65. Kasbi tuman “Tayyorlovsavdo” OHJ Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 2 66. Tuman Markaziy shifoxonasi Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 20 67. Kasbi tuman MTP AJ Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 4 68. Mugʻlon MTP AJ Mugʻlon shaharchasi 05.06.2015-y 900 15 69. Paxtakor MMTP Fazli qishlogʻi 08.06.2015-y 900 Qashqadaryo MMTP avtosaroyida 5 70. Qashqadaryo MMTP Denov qishlogʻi 08.06.2015-y 900 5 71. X. Xoʻjaqulov MMTP Qamashi qishlogʻi 08.06.2015-y 900 5 72. Kelajak texnika hamkor motor MMTP Mugʻlon shaharchasi 09.06.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 5 73. Yuksalish texnika tayanch MMTP Xoʻjaxayron qishlogʻi 09.06.2015-y 900 2 74. Talishbe motor MMTP Talishbe qishlogʻi 10.06.2015-y 900 2 75. Komilon MMTP Komilon qishlogʻi 10.06.2015-y 900 Maymanoq Trans Texnika SIChK avtosaroytda 2 76. Sardoba-motor MMTP Qatagʻan qishlogʻi 10.06.2015-y 900 2 77. Maymanoq Reshatogʻ MMTP Maymanoq qishlogʻi 12.06.2015-y 900 2 78. Shakarjoʻy texnika tayanchi MMTP Zumrad qishlogʻi 11.06.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 1 79. M. Ulugʻbek MMTP Oʻn ikki qishlogʻi 13.06.2015-y 900 1 80. Gʻalaba Toshqoʻrgʻon MMTP Toshkoʻrgʻon qishlogʻi 13.06.2015-y 900 2 81. Navroʻz MMTP Nazartepa qishlogʻi 15.06.2015-y 900 Qashqadaryo MMTP avtosaroyida 1 82. Beruniy MM�P Choʻlquvar qishlogʻi 17.06.2015-y 900 1 83. Kasbi ATK-2 OHJ korxonasi Mugʻlon shaharchasi 19.06.2015-y 900 Mugʻlon MTP AJ avtosaroyida 14 84. Kasbi T. Ahmadjon kichik korxonasi Komilon qishlogʻi 12.06.2015-y 900 1 85. Vatan savdo ishlab chiqarish xususiy korxonasi Mugʻlon shaharchasi 20.06.2015-y 900 1 86. Tumandagi fermer xoʻjaliklar 02.03.2015-y dan 30.06.2015-y gacha 900 R. Shoximardonov nomli Kasbi-88 avtokorxona avtosaroyida 52 JAMI 355
