Qamashi tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-48/1-son)
14.01.2015
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-son va Xalq deputatlari Qamashi tuman kengashining 2014-yil 13-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV-32/93-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va oʻtkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ga asosan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oʻsimlik moyi va pivo mahsulotining aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar;
davlat boji, yigʻimlar va jarimalar toʻliq miqdorda tumanning mahalliy budjet daromadlariga oʻtkazilishi belgilab quyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinib ijroga yoʻnaltirilsin.
5. Tuman iqtisodiyot boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi, tuman gʻaznachilik boʻlinmasi, tuman tijorat banklari bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq. 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli Qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 14-martdagi “Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-167/3-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. MUXAMMADIYEV
Qamashi t.,
2015-yil 14-yanvar,
X-48/1-son
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qamashi tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
prognozi
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 114,1 1.1. Shu jumladan hududiy sanoat mahsulotlari 125,0 2. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 105,5 3. Pudrat ishlari 115,2 4. Chakana savdo aylanmasi 116,4 5. Pullik xizmat 117,0
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qamashi tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 961429 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1934719 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1793074 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 9212576 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1732692 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 7577932 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: aroq boshqa vinolar pivo chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 853 548,0 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 015 490,0 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 2 789 951,0 11. Yagona yer soligʻi 1 475 849,0 12. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 99 209,0 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 279 363,0 15. Davlat boji 838 058,0 16. Jarimalar 683 408,0 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 18. Bozorlar daromadidan tushum 412 984,0 19. Mahalliy yigʻimlar 183 490,0 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 3 935 796,0 21. Boshqa tushumlar 264 864,0 Jami 38 044 432,0 Koʻrsatkichlar ming soʻmda A 1 2 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 522 295,0 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar 3. Obodonlashtirish 3 251 239,0 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 343 931,0 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 4 117 465,0 5. Maorif 58 884 175,0 6. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 248 531,0 7. Fan 0,0 8. Sogʻliqni saqlash 19 504 608,0 9. Jismoniy tarbiya 3 675,0 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 259 452,0 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining JAMI 78 900 441,0 12. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari 786 632,0 13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 949 934,0 14. Zaxira jamgʻarmasi 0,0 15. Boshqa sarf-xarajatlar 33 586,0 Shundan: Koʻnikma markazi 33 586,0 Qabullar uyi xarajatlari 0,0 16 Mukofotlash xarajatlari 17 Kapital quyilmalar xarajatlari Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 6250805 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga yetgunga qadar parvarish uchun nafaqa 11023241 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 849881 18 Jami 250 boʻlim 18123927 19 Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari XARAJATLAR JAMI 103 911 985,0
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 3-ILOVA
Qamashi tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlar, viloyat budjetidan beriladigan subvensiyalarning chegaralangan miqdorlari
HAJMI
T/r Hududlar nomi Daromadlar, viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga beriladigan daromadlarni hisobga olgan holda Xarajatlar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqi va ish haqidan ajratmalar va ijtimoiy nafaqalarni moliyalash-tirishga subvensiyalar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqlarini moliyalash-tirishga subvensiya foizi A 1 2 3 4 5 1. Qamashi tuman 4098893,0 103911985,0 65932573,0 63,5
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilgi Qamashi tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 5-ILOVA
Qamashi tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
(ming soʻmda) Summasi A 1 2 1. Qamashi tuman 621779,0
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 6-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8% 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub. metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 barobari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 barobari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 barobari
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-48/1-sonli qaroriga 7-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
