Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (X-49/01-son)
26.01.2015
Qashqadaryo viloyati hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2014-yil 26-dekabrda 2643-son bilan roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 24-dekabrdagi 84, 2014-37-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat hokimining 2014-yil 18-yanvardagi “Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi X-13/01-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror “Qashqadaryo” gazetasida rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev zimmasiga yuklatilsin
Hokim Z. ROʻZIYEV
Qarshi sh.,
2015-yil 26-yanvar,
X-49/01-son
Viloyat hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-49/01-sonli qaroriga ILOVA
Qashqadaryo viloyat bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatining
miqdorlari
I. Qashqadaryo viloyat bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari ming soʻmda T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Qarshi shahridagi bozorlar va savdo komplekslari uchun Qolgan tumanlar va tumanlar markazida joyl�shgan bozorlar hamda savdo komplekslari uchun 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k. 1 oʻrin/kunga 3 500 3 000 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon,banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 6 000 5 500 Quruq mevalar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻr danak va h.k. 1 oʻrin/kunga 6 000 5 500 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, boyimjon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqx�nalarda yetishtirilgan pomidor va bodring va h.k. hamda pishirilgan joʻxori) 1 oʻrin/kunga 3 000 2 500 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq ( 6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 6 500 5 500 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa),bugʻdoy, suli, arpa va h.k. 1 oʻrin/kunga 5 500 4 500 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/kunga 4 500 4 000 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/kunga 3 000 2 500 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k. 1 oʻrin/kunga 4 000 3 500 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 3 500 2 500 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 3 000 2 500 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 3 000 2 500 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 2 800 2 200 1.12. Non mahsulotlari: (obi non, patir va h.k.) 1 oʻrin/kunga 3 000 2 500 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 4 600 4 000 1.14. Sanoat yoʻli bilan chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar 1 oʻrin/kunga 6 000 5 500 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 8 200 7 000 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar 1 oʻrin/kunga 3 500 3 000 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 3 000 2 500 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 7 000 6 500 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 2 500 2 500 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k. 1 oʻrin/kunga 10 000 9 000 3. Mahsulotlarini avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalaridan 1 mashina 6 500 5 500 yuk avtomashinalardan 1 mashina 14 000 12 000 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 10 000 9 000 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 8 000 7 000 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch poyasi va makkajoʻxori poyasi va h.k. 1 mashina 15 000 12 000 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv.metrgacha 1 oʻrin/kunga 6 500 5 500 6 dan — 15 kv.metrgacha 1 oʻrin/kunga 10 000 8 000 15 dan — 30 kv.metrgacha 1 oʻrin/kunga 12 000 10 000 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4 000 3 000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: 1 oʻrin/kunga Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 6 000 5 000 Uy-jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 4 000 4 000 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 20 000 13 000 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 22 000 13 000 mototsikl, motoreller va mopedlar 1 dona 8 500 7 000 velosipedlar 1 dona 3 500 3 000 8. Mol bozorlariga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 12 000 11 000 boʻtaloq, eshak 1 bosh 6 000 3 500 8.2. Yirik shoxli qoramol yirik shoxli qoramol (shu jumladan, sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 11 000 10 000 buzoq 1 bosh 7 000 6 000 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k.) 1 bosh 7 000 6 000 qoʻzi, uloq 1 bosh 6 000 5 000 8.4. Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 4 500 3 900 9. Uy parrandalari (har bir bosh uchun): kurka,tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1 300 1 200 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1 200 1 100 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 3 200 2 800 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 3 400 2 800 12. Itlar, mushuklar, manza?ali qush??ar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 3 500 2 400 13. Itlar, mushukla�, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 5 900 4 700 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 2 300 2 300 II. Qashqadaryo viloyat bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal miqdorlari soʻm T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Qarshi shahridagi bozorlar va savdo komplekslari uchun Qolgan tumanlar va tumanlar markazida joylashgan bozorlar hamda savdo komplekslar uchun 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv.m./oyiga 20 000 14 000 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv.m./oyiga 18 000 12 000 Umumiy ovqatlanish 1 kv.m./oyiga 20 000 12 000 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv.m./oyiga 8 000 5 500 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k) 1 kv.m./oyiga 9 000 6 000 2 Inventarlarni ijaraga berish: 2.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 1 500 1 300 2.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg.gacha tortadigan 1 kunga 1 700 1 400 150 kg.dan 1500 kg.gacha tortadigan 1 kunga 7 000 6 400 2.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k.) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1 300 1 000 2.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 500 500 2.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 1 200 1 200 2.6. Aravachalar uchun 1 kunga 3 000 2 500 2.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv.metr) 1 kunga 1 200 900 3 Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq -ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutgichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 2 000 2 000 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 1 500 1 500 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 1 500 1 500 3.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 1 500 1 200 3.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1 200 1 000 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1 500 1 300 3.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3 000 2 400 yuksiz 1-marta oʻlchash 2 100 1 800 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2 300 1 800 yuksiz 1-marta oʻlchash 1 800 1 600 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 1 900 1 600 yuksiz 1-marta oʻlchash 1 500 1 200 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 1 900 1 600 yuksiz 1-marta oʻlchash 1 500 1 200 3.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 5 500 5 000 3.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 1 000 700 yuk avtomashinalari uchun 1 soatga 1 200 800 3.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 500 500 3.8. Telefondan foydalanish 1-marta 300 300 3.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 600 500 3.10. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv.m./oyiga 6 500 5 500
Izoh:
* Ushbu bandda koʻrsatilgan xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi.
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pagon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
