Kitob tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-160/1-son)
14.01.2015
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-son va Xalq deputatlari Kitob tuman kengashining 2014-yil 12-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/32-107-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va oʻtkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ga asosan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablagʻlarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarning barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oʻsimlik moyi va pivo mahsulotining aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar;
davlat boji, yigʻimlar va jarimalar toʻliq miqdorda tumanning mahalliy budjet daromadlariga oʻtkazilishi belgilab quyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinib ijroga yoʻnaltirilsin.
5. Tuman iqtisodiyot boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi, tuman gʻaznachilik boʻlinmasi, tuman tijorat banklari bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq. 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli Qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 12-fevraldagi “Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida” gi X-144/2-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Qobulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim U. XUDOYQULOV
Kitob sh.,
2015-yil 14-yanvar,
X-160/1-son
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Kitob tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
prognozi
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 108,5 1.1. Shu jumladan hududiy sanoat mahsulotlari 119,1 2. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 108,4 3. Pudrat ishlari 107,9 4. Chakana savdo aylanmasi 116,0 5. Pullik xizmat 117,5
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Kitob tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 1295719 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 2768108 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 3680153 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 8481945 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 3331079 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 2339226 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: aroq boshqa vinolar pivo chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 570 967,0 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 424 264,0 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 3 302 458,0 11. Yagona yer soligʻi 1 372 271,0 12. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 89 134,0 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 662 742,0 15. Davlat boji 1 419 654,0 16. Jarimalar 1 209 671,0 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 0,0 18. Bozorlar daromadidan tushum 1 021 519,0 19. Mahalliy yigʻimlar 177 003,0 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 4 710 445,0 21. Boshqa tushumlar 652 492,0 22. Viloyat budjetidan tuman budjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar 3355334,0 Jami 44864184,0 Viloyat budjetidan tuman budjetiga beriladigan maqsadli subvensiya 53237828,0 Daromadlar jami 98102012,0 Koʻrsatkichlar ming soʻmda A 1 2 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 363 818,0 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar 3. Obodonlashtirish 4 590 361,0 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 0,0 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 4 954 179,0 5. Maorif 55 532 395,0 6. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 303 241,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 299 566,0 7. sport 3 675,0 8. Sogʻliqni saqlash 24 323 871,0 9. Jismoniy tarbiya 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 74 033,0 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining JAMI 80 233 540,0 12. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari 702 069,0 13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 628 144,0 14. Zaxira jamgʻarmasi 0,0 15. Boshqa sarf-xarajatlar 31 437,0 Shundan: Koʻnikma markazi 31 437,0 Qabullar uyi xarajatlari 0,0 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital quyilmalar xarajatlari Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 3232750 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga yetgunga qadar parvarish uchun nafaqa 6707592 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 612301 18. Jami 250 boʻlim 10552643 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari XARAJATLAR JAMI 98 102 012,0
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 3-ILOVA
Kitob tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlar, viloyat budjetidan beriladigan subvensiyalarning chegaralangan miqdorlari
HAJMI
T/r Hududlar nomi Daromadlar, viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga beriladigan daromadlarni hisobga olgan holda Xarajatlar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqi va ish haqidan ajratmalar va ijtimoiy nafaqalarni moliyalash-tirishga subvensiyalar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqlarini moliyalash-tirishga subvensiya foizi A 1 2 3 4 5 10 Kasbi tuman 44864184,0 98102012,0 53237828,0 54,3
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilgi Kitob tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 5-ILOVA
Kitob tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 6-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8% 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub. metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 barobari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 barobari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 2 barobari
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi X-160/1-sonli qaroriga 7-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
