Bektemir tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (460-son)
30.12.2014
Toshkent shahar Bektemir tumani Hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 30-dekabrdagi 03/518-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Bektemir tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bektemir tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 20 275 970,0 ming soʻm;
xarajatlar — 20 275 970,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi (M. Tursunov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Bektemir tuman tarmoq administratori (U. Toshboyev):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va [email protected] veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabr kunidagi “Bektemir tumanining 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 360-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Yermatov zimmasiga yuklansin.
Hokim S. MAXAMETOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
460-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 460-sonli qaroriga 1-ILOVA
Bektemir tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 749 740,0 2. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 619 060,0 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 374 556,0 4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 4 168 800,0 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 157 600,0 6. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 5 511 600,0 7. Davlat boji 24 076,0 8. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 329 534,0 9. Jarimalar 35 076,0 10. Bozorlar daromadidan tushum 6 282 700,0 11. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 11 300,0 12. Yigʻimlar va boshqa soliqsiz daromadlar 11 928,0 JAMI DAROMADLAR 20 275 970,0 Xarajatlar turlari 1. Iqtisodiyotga xarajatlar: obodonlashtirishni moliyalashtirish 2 096 554,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari maorif 13 690 604,0 sogʻliqni saqlash 3 021 521,0 madaniyat 216 067,0 ijtimoiy taminot 32 314,0 3. Boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 525 304,0 4. Oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 496 710,0
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 460-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 2 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 5. Avtotransportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 6. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 7. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 9. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 10. Davlat boji 100 11. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 12. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar 100 13. Foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov 100 14. Mulkchilikning barcha shaklidagi kichik korxonalardan undiriladigan yagona soliq 2 15. Tuman va shahar budjetlariga undiriladigan ijara toʻlovi 100 16. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq 100
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 460-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Bektemir tumani 107 700,0
