Mirobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (652-son)
30.12.2014
Toshkent shahar Mirobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 01-01/31-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Mirobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mirobod tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 59 649 017,0 ming soʻm;
xarajatlar — 59 649 017,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi (M. Raximberdiyeva) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Mirobod tuman tarmoq administratori (R. Isroilov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.mirobod.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Mirobod tumanining 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 608-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hokim Sh. KADIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
652-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 652-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mirobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Jismoniy shaxslardan daromad soligʻi 3 590 860,0 2. Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi 512 900,0 3. Davlat boji 481 536 4. Boshqa yigʻimlar va soliqsiz daromadlar 30 705,0 5. Jarimalar 83 568,0 6. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 42 900,0 7. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq toʻlovi 866 148,0 8. Aksiz soligʻi 14 000,0 9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 54 026 400,0 Daromadlar jami 59 649 017,0 Xarajatlar 1. Xalq xoʻjaligini mablagʻ bilan taminlash 4 644 818,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari jami 52 587 288,0 shu jumladan: maorif 41 944 557,0 sogʻliqni saqlash va jismoniy tarbiya 10 273 042,0 madaniyat va fan 260 944,0 ijtimoiy taminot 108 745,0 3. Boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 583 687,0 4. Oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 1 614 313,0 5. Turmush farovonligini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar 154 502,0 6. Boshqa xarajatlar 64 409,0 7. Huquq tartibot organlari xarajatlari Xarajatlar jami 59 649 017,0
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 652-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 2. Avtotrasportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 3. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 4. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 5. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 6. Davlat boji 100 7. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 8. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar 100 9. Suv resurslaridan foy�alanganlik uchun soliq 100 10. Foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov 100 11. Mulkchilikning barcha shaklidagi kichik korxonalardan undiriladigan yagona soliq 2 12. Obodonlashtirish va infrastrukturani rivojlantirish soligʻi 100 13. Tuman va shahar budjetlariga undiriladigan ijara soligʻi 100 14. Aksiz soligʻi: shu jumladan (pivo) 100 15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 16. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarida koʻrilayotgan ishlar uchun davlat boji 100
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 652-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Mirobod tumani 317 000,0
