“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati toʻgʻrisida (649-I-son)
16.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashi va oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatining Nizomi tasdiqlansin (Nizom ilova qilinadi).
2. A. Usmonov, Oʻ. Hoshimov, S. Zinin, S. Muhiddinov, L. Pak, M. Egorov, A. Jabborov, M. Miralimov, M. Safarov, L. Spiridonov, R. Farhodiy, I. Xudoyorov, I. Shogʻulomov “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahrir hayʼatining aʼzolari etib tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-iyun,
649-I-son
