Uchtepa tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (846-son)
31.12.2014
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 02-101/03-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Uchtepa tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun daromadlar va xarajatlari hamda Toshkent shahar budjetidan berilgan daromadlarning miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
4. Tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi (Gʻ. Shamsiyev) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Uchtepa tuman tarmoq administratori (Sh. Kamolov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.uchtepa.poytaht.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Toshkent shahar hokimining 2013-yil 28-dekabrdagi 1051-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi 560-sonli qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Karimbekov va tuman hokimining oʻrinbosari A. Eltoyev zimmalariga yuklansin.
Hokim A. DOSMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
846-son
Tuman hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 846-sonli qaroriga 1-ILOVA
Uchtepa tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 294 406,0 2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 749 290,0 3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 27 593 200,0 4. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 703 400,0 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 6 745 600,0 6. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 124 750,0 7. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (umumiy ovqatlanish tizimidagi kichik korxona va mikrofirmalaridan tashqari) uchun yagona soliq toʻlovidan davlat bojiga ajratmalar 477 780,0 8. Davlat boji 235 417,0 9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 3 465 400,0 10. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 565 270,0 11. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, gaz istemol qilganlik uchun soliq 11 889 200,0 12. Jarimalar 104 460,0 13. Bozorlar daromadidan tushum 19 999 200,0 14. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 27 400,0 15. Yigʻimlar va turli soliqsiz daromadlar 7 307,0 16. Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi 764 700,0 17. Yuridik va jismoniy shaxslardan yer soligʻi 5 640 500,0 JAMI DAROMADLAR 80 387 280,0 Oʻtkazib beriladigan daromad 16 319 259,0 DAROMADLAR HAMMASI 96 706 539,0
Tuman hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 846-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun daromadlar va xarajatlari hamda Toshkent shahar budjetidan berilgan daromadlarning
miqdorlari
Tuman hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 846-sonli qaroriga 3-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 2 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (umumiy ovqatlanish tizimidagi kichik korxona va mikrofirmalaridan tashqari) uchun yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar 2 4. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 6. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 7. Avtotrasportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 8. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 9. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 10. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 11. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 12. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 13. Davlat boji 100 14. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 15. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini 100
Tuman hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 846-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Uchtepa tumani 513900,0
