Yakkasaroy tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (659-son)
30.12.2014
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani xokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 01-1-293-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Yakkasaroy tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yakkasaroy tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 45 552 061,0 ming soʻm;
xarajatlar — 45 552 061,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Yakkasaroy tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi (I. Alimov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Yakkasaroy tuman tarmoq administratori (S. Xusainov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.yakkasaroy.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi “Toshkent shahrining mahalliy budjet toʻgʻrisida”gi 278/4-32-son” 509-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Kadirov va tuman hokimining ijtimoiy iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari R. Mavlanov zimmalariga yuklansin.
Hokim A. SALIXOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
659-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 659-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yakkasaroy tumanining 2015-yil mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4 546 611,0 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 6 103 854,0 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 4 230 300,0 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 1 649 758,0 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 4 077 000,0 6. Mahalliy yigʻimlar 34 900,0 7. Davlat boji 294 272,0 8. Jarimalar 52 230,0 9. Yigʻimlar va turli soliqsiz daromadlar 34 624,0 10. Bozorlar daromadidan tushum 543 100,0 11. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 820 700,0 12. Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 10 193 094,0 13. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 792 218,0 14. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 12 179 400,0 JAMI DAROMADLAR 45 552 061,0 Xarajatlar turlari 1. Iqtisodiyotga xarajatlar: 3 951 812,0 obodonlashtirishni moliyalashtirish 40 190 026,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajati Shu jumladan: maorif 26 935 744,0 madaniyat 255 489,0 sogʻliqni saqlash 12 937 179,0 ijtimoiy taminot 61 614,0 3. Boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 543 943,0 4. Oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 745 069,0
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 659-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 5. Avtotrasportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 6. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 7. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 9. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jism�niy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 10. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 11. Davlat boji 100 12. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 13. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amlga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar 100 14. Foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov 100 15. Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi 100 16. Mulkchilikning barcha shaklidagi 2
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 659-sonli qaroriga 3-ILOVA
Yakkasaroy tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Yakkasaroy tumani 242100,0
