Mirzo Ulugʻbek tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (765-son)
29.12.2014
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 01/20-345/1-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Mirzo Ulugʻbek tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mirzo Ulugʻbek tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 104 332 712,0 ming soʻm;
xarajatlar — 104 332 712,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi (Q. Ikromov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Mirzo Ulugʻbek tuman tarmoq administratori (M. Alimov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.mirzoulugbek.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabr kunidagi “Mirzo Ulugʻbek tumanining 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 826-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Bakiyev zimmasiga yuklansin.
Hokim Sh. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-dekabr,
765-son
Tuman hokimining 2014-yil 29-dekabrdagi 765-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mirzo Ulugʻbek tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 828 944,0 2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 073 316,0 3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 7 915 300,0 4. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 13 182 600,0 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 8 289 100,0 6. Aksiz soligʻi 9 600,0 7. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 11 305 300,0 8. Davlat boji 214 016,0 9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 49 241 400,0 10. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 450 840,0 11. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 8 750 700,0 12. Jarimalar 31 338,0 13. Bozorlar daromadidan tushum 920 500,0 14. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 52 000,0 15. Yigʻimlar va turli soliqsiz daromadlar 67 758,0 JAMI DAROMADLAR 104 332 712,0 Xarajatlar turlari 1. Iqtisodiyotga xarajatlar: obodonlashtirishni moliyalashtirish 5 614 662,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari: maorif 76 142 685,0
Tuman hokimining 2014-yil 29-dekabrdagi 765-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq 2 5. Mahalliy yigʻimlar 100 6. Avtotrasportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 7. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 9. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 10. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi �ismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 11. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 12. Davlat boji 100 13. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 14. Savdo qi�ish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amlga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar 100 15. Foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov 100
Tuman hokimining 2014-yil 29-dekabrdagi 765-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Mirzo Ulugʻbek tumani 554 500,0
