Viloyatda yangi kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida (X-48/01-son)
26.01.2015
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2006-yil, 1-son, 1-moddasi)ni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish haqida”gi 4-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2006-yil, 2-son, 9-modda), 2008-yil 1-iyuldagi “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 146-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-yil, 26-27-son, 254-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 216-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 347-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi majlisi bayoni qarori qabul qilinib, ularda kasanachilikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar hisobiga aholi bandligini taʼminlashning muhim ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan.
Ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarishga (xizmatlarga) jalb etish, oila budjeti daromadlarini koʻpaytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim qismlarini ishlab chiqarish va baʼzi bir xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish orqali samaradorlikni oshirish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ijtimoiy va mehnat kafolatlarini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish kooperatsiyasini kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2006-yil, 1-son, 1-moddasi)ni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasidagi kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chor-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish haqida”gi 4-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2006-yil, 2-son, 9-modda), 2008-yil 1-iyuldagi “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 146-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-yil, 26-27-son, 254-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdanoq oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 216-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 347-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi majlisi bayoni qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, 2015-yilda korxonalar bilan mehnat shartnomasi asosida yaratiladigan kasanachilik ish oʻrinlarining manzilli dasturi 2-ilovaga, viloyatda kasanachilikni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammoli masalalarni yechish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan kasanachilik turlarini kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi parametrlari hamda mavjud zaxiralarni aniqlash, safarbar qilish hisobiga, shuningdek, ularning uyida yoki hududlarda boʻsh turgan binolardan imtiyozli foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan hokimlik va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari oʻrtasidagi hamkorlik kuchaytirilsin.
4. Viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (Sh. Rajabov), viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Y. Tursunov), Respublika “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi boshligʻi (Sh. Raxmatov) va unga qarashli tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari joylardagi vaqtinchalik ishsiz hamda norasmiy faoliyat yuritayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi va tuman (shahar)lar boʻlimlariga hunarmand kasanachi sifatida ishga qabul qilish choralari koʻrilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishchi komissiyaga taqdim etilsin.
5. Viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (Sh. Rajabov), viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Y. Tursunov), Respublika “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi boshligʻi (Sh. Raxmatov) va unga qarashli tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari mahallalarda uyma-uy yurib ishlashga ehtiyoji boʻlgan fuqarolar bilan tizimli ish olib borishni va yoʻnalishlari boʻyicha kasanachilik ish oʻrinlariga joylashtirishni hamda mahalla fuqarolik yigʻinlari faollari bilan hamkorlikda ishlashni 2-ilovadagi dasturga asosan tashkil etsinlar.
6. Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (Sh. Rajabov), viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Y. Tursunov), Respublika “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi boshligʻi (Sh. Raxmatov) va unga qarashli tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari kasanachilik ish oʻrnlari tashkil etish manzilli dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash hamda kasanachilikka keng jalb etish, usta-shogird anʼanalari asosida oʻqitish tasdiqlangan chora-tadbirlarga muvofiq amalga oshirilsin.
7. Hunarmand-kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda koʻmaklashish maqsadida ularga bozorlardan rastalar ajratilsin va mahsulotlarni sotishda sharoitlar yaratib berilsin, “Hunarmand” uyushmasiga va unga qarashli tuman (shahar) boʻlimlariga hunarmand-kasanachi deb mehnat shartnomasini rasmiylashtirishida sharoitdan kelib chiqib, kasanachilarning roziligi asosida ularning oʻz xomashyosi, mablagʻi, materiallari va asbob-uskunalari bilan ishlashlariga ruxsat berilsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim Z. ROʻZIYEV
Qarshi sh.,
2015-yil 26-yanvar,
X-48/01-son
Viloyat hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-48/01-sonli qaroriga 1-ILOVA
Kasanachilikni rivojlantirish aosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiyasining
TaRKIBI
T/r Ismi va sharifi Lavozimi 1. Djavliyev Gʻayrat — Viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiyasi raisi 2. Karimova Inobat — Viloyat hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi 3. Rajabov Shirmamat — Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Ishchi komissiyasi raisining oʻrinbosari 4. Umirov Abdugʻani — Viloyat iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi 5. Xolboyev Xudoyberdi — Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi 6. Toʻrayev Farhod — Viloyat Statistika boshqarmasi boshligʻi 7. Tursunov Yorqin — Viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi raisi 8. Raxmatov Sherali — “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi 9. Norqulov Ilhom — Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasining boʻlim boshligʻi, Ishchi komissiyasi masʼul kotibi 10. Lavozimiga koʻra — Barcha QFY va MFY raislari
Viloyati hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-48/01-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida 2015-yilda korxonalar bilan mehnat shartnomasi asosida yaratiladigan kasanachilik ish oʻrinlarining
MANZILLI DASTURI
Viloyati hokimining 2015-yil 26-yanvardagi X-48/01-sonli qaroriga 3-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida kasanachilikni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammoli masalalarni yechish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Mavjud masalalar mazmuni. Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Bajarilish muddati Bajarish uchun masʼullar 1. Kasanachilikning barcha shakllarini rivojlantirish yuzasidan tuman hokimligi huzuridagi ishchi komissiyasi aʼzolari tomonidan kasanachilik ish oʻrinlarini bajarilishini har oyda hokim soatida tanqidiy muhokama qilib, ishga joylashtirilmagan fuqarolarni ayniqsa, xotin-qizlarni aholiga xizmat koʻrsatish majmualariga ishga joylashtirish. Doimiy Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev, Viloyat hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi I. Karimova, Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Sh. Rajabov, Viloyat mahalla xayriya jamoat fondi raisi Y. Tursunov 2. Viloyatdagi tuman va shaharlarning har bir mahallalar kesimida ishlash istagini bildirgan notinch va noqobil oilalarni, ish izlab boshqa joylarga chiqib ketayotgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va ularni yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlari hisobiga bandligini taʼminlash, doimiy nazoratga olish, ular bilan yakka tartibdagi ishlarni kuchaytirish orqali kasanachilikni yoʻlga qoʻyish. Doimiy QFY va MFY raislari, Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Sh. Rajabov 3. Mahallalar bilan hamkorlikni oʻrnatish, “Usta-shogird” anʼanalari boʻyicha kasanachilarni tayyorlash, kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish, bunda, qoʻlda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga atroflicha eʼtibor qaratish, milliy doimiy hunarmandchilikni, kasanachilikni rivojlantirishda qanchalab foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish. Misol uchun: oddiy qamishdan toʻqilgan turli shakldagi savatcha, uy-roʻzgʻor anjomlari, kulolchilik, beshikchilik, temir�ilik, stol-stullar, belanchaklar. Doimiy QFY va MFY raislari, Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Sh. Rajabov, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Sh. Raxmatov 4. Mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mehnat inspektorlari, va uchastka soliq inspektorlari bilan birgalikda tuman hunarmandchilik, kasanachilik faoliyati bilan norasmiy tarzda shugʻullanayotgan fuqarolar roʻyxatini aniqlash. Aniqlangan hunarmandchilik, kasanachilik bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni tumanlar (shaharlar)dagi “Hunarmand” boʻlimiga aʼzo qilish orqali soliq yukini yengillashtirish boʻyicha imtiyozlardan samarali foydalanish. Doimiy QFY va MFY raislari, Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Sh. Rajabov, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Sh. Raxmatov, Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi X. Xolboyev 5. Viloyat aholisiga hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik toʻgʻrisidagi qonun, qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularga yaratib berilayotgan imtiyoz va qulayliklarni toʻliq yetkazish maqsadida seminar uchrashuvlarni tashkil etish. Doimiy Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Sh. Rajabov, Viloyat mahalla xayriya jamoat fondi raisi Y. Tursunov, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Sh. Raxmatov 6. Kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan iqtidorli yigit-qizlarni tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish va servis sohalarini rivojlantirish faoliyatlari boʻyicha hunarmand-kasanachi sifatida ishga joylashtirishda koʻmak berish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirishni tashkil etish. Doimiy Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Sh. Rajabov, Viloyat mahalla xayriya jamoat fondi raisi Y. Tursunov, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Sh. Raxmatov, Viloyat oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Z. Qobilov 7. Kasanachilar va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkalarini oʻtkazish hamda sotilishida shart-sharoitlar yaratilishida koʻmaklashish. Doimiy Viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev, QFY va MFY raislari, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Sh. Raxmatov
