Yunusobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (1275-son)
30.12.2014
Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 26-dekabrdagi NT/1049-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Yunusobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yunusobod tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 112 518 569,0 ming soʻm;
xarajatlar — 112 518 569,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi (J. Nabiyev) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Yunusobod tuman tarmoq administratori (A. Abdumalikov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.yunusobod.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi “Toshkent shahrining mahalliy budjeti toʻgʻrisida”gi 278/4-32-son qarori yuzasidan” 1101-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari D. Xalisov va iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish majmuasi zimmalariga yuklansin.
Hokim Sh. AZIMDJANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
1275-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 1275-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yunusobod tumanining 2015-yil mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 2 829 295,0 2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 219 882,0 3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 13 525 700,0 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 9 775 400,0 5. Aksiz soligʻi 4 832 000,0 6. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 9 652 100,0 7. Davlat boji 222 043,0 8. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 47 875 700,0 9. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 948 292,0 10. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 14 304 000,0 11. Jarimalar 53 400,0 12. Bozor daromadidan tushum 2 579 800,0 13. Mahalliy yigʻimlar 61 100,0 14. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar 1 374 816,0 15. Boshqa tushumlar 46 097,0 16. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 804 244,0 17. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 414 700,0 JAMI DAROMADLAR 112 518 569,0 Xarajatlar turlari 1. Iqtisodiyotga xarajatlar: obodonlashtirishni moliyalashtirish 4 787 275,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 1275-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 1 3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (umumiy ovqatlanish tizimidagi kichik korxona va mikrofirmalaridan tashqari) uchun yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar 2 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 6. Avtotrasportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 7. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 9. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 10. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 11. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 12. Davlat boji 100 13. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 14. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik xisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar 100
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 1275-sonli qaroriga 3-ILOVA
Yunusobod tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Yunusobod tumani 597 900,0
