Yashnobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (672-son)
30.12.2014
Toshkent shahar yashnobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 01-01/324-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Yashnobod tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yashnobod tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 90 687 603,0 ming soʻm;
xarajatlar — 90 687 603,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi (S. Toʻlaganov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Yashnobod tuman tarmoq administratori (D. Mirshomilov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.yashnobod.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Hamza tumanining 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 484-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Valiyev zimmasiga yuklansin.
Hokim F. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
672-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 672-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yashnobod tumanining 2015-yil mahalliy budjeti asosiy
parametrlari
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 454 555,0 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 546 280,0 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 1 201 856,0 4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 8 966 400,0 5. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 17 818 696,0 6. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 6 073 900,0 7. Aksiz soligʻi 2 667 672,0 8. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 17 018 700,0 9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 227 600,0 10. Davlat boji 107 008,0 11. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 13 983 100,0 12. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 822 402,0 13. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, gaz istemol qilganlik uchun soliq 13 850 971,0 14. Jarimalar 41 784,0 15. Bozorlar daromadidan tushum 4 849 418,0 16. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 39 000,0 17. Yigʻimlar va boshqa soliqsiz daromadlar 18 261,0 JAMI DAROMADLAR 90 687 603,0 Xarajatlar turlari 1. Iqtisodiyotga xarajatlar: obodonlashtirishni moliyalashtirish 5 896 521,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 672-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
Meʼyorlari
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 1 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 3. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 5. Avtotransportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 6. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 7. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 9. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 10. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 11. Davlat boji 100 12. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 13. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar 100 14. Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi 100 15. Foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov 100 16. Mulkchilikning barcha shaklidagi kichik korxonalardan undiriladigan yagona soliq 2
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 672-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
miqdori
