Chilonzor tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (641-son)
30.12.2014
toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 01/403-1-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Chilonzor tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chilonzor tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 96 597 167,0 ming soʻm;
xarajatlar — 96 597 167,0 ming soʻm
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi (Z. Usmanov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Chilonzor tuman tarmoq administratori (R. Galiyev):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.chilonzor.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabr kunidagi “Chilonzor tumanining 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 582-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Kasimxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hokim Gʻ. ISMAILXODJAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
641-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 641-sonli qaroriga 1-ILOVA
Chilonzor tumanining 2015-yil mahalliy budjeti asosiy
PARAMETRLARI
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda (daromad) soligʻi 617 778,0 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq 1 652 928,0 3. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq 1 699 648,0 4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 19 981 000,0 5. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 20 216 400,0 6. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 8 266 300,0 7. Davlat boji 214 016,0 8. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmaviy rivojlantirish soligʻi 17 064 900,0 9. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 994 140,0 10. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 13 637 800,0 11. Jarimalar 26 485,0 12. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 55 800,0 13. Bozorlar daromadidan tushum 11 795 100,0 14. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 355 200,0 15. Boshqa yigʻimlar va soliqsiz daromadlar 19 672,0 DAROMADLAR JAMI 96 597 167,0 Xarajatlar turlari 1. Iqtisodiyotga xarajatlar: obodonlashtirishni moliyalashtirish 5 977 528,0 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 641-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (umumiy ovqatlanish tizimidagi kichik korxona va mikrofirmalaridan tashqari) uchun yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar 2 3. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 6. Avtotrasportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim 100 7. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 9. Jismoniy sh�xslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 10. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 11. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 12. Davlat boji 100 13. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 14. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima 100
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 641-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Chilonzor tumani 513 300,0
