Shayxontohur tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (590-son)
30.12.2014
Toshkent shahar Shayxontohur tumaNi hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 03-03/68-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Shayxontohur tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shayxontohur tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar — 84 961 774,0 ming soʻm
xarajatlar — 84 961 774,0 ming soʻm
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
tuman mahalliy budjetining daromadlar va harajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi (X. Shermuhamedov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Olmazor tuman tarmoq administratori (N. Nasirillayev):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.shayhontohur.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi “Toshkent shahrining mahalliy budjeti toʻgʻrisida”gi 278/4-32-son qarori yuzasidan” 525-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Mahamedov va tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari K. Zaxidov zimmalariga yuklansin.
Hokim M. MIRQOSIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
590-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 590-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shayxontohur tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy
parametrlari
(ming soʻm) T/r Daromadlar turlari Miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 9 950 618,0 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 445 430,0 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 8 046 100,0 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 825 602,0 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan daromad soligʻi 18 980 100,0 6. Mahalliy yigʻimlar 23 100,0 7. Davlat boji 454 784,0 8. Jarimalar 15 190,0 9. Yigʻimlar va turli soliqsiz daromadlar 42 156,0 10. Bozorlar daromadidan tushum 3 179 300,0 11. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 674 100,0 12. Toshkent shahar IIBB YHXBning tuman hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 710 000,0 13. Yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 658 494,0 14. Aksiz soligʻi 10 665 000,0 15. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 9 554 800,0 16. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 16 737 000,0 JAMI DAROMADLAR 84 961 774,0 Xarajatlar turlari 1. Xalq xoʻjaligini moliyalashtirish: obodonlashtirishni moliyalashtirish 5 064 081,0
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 590-sonli qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
MEʼYORLARI
(foiz) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 2 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2 5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan avtotransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun olinadigan yigʻimlar va boshqa yigʻimlar 100 6. Avtotransportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganli� uchun yigʻim 100 7. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim 100 9. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 100 10. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji 100 11. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 12. Davlat boji 100 13. Notarial idoralar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya bitimlarini tasdiqlash uchun davlat boji 100 14. Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan �ullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima va yigʻimlar 100
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 590-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORI
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Shayxontohur tumani 451 500,0
