Olmazor tumanining 2015-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida (882-son)
30.12.2014
toshkent shahar Olmazor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SK-453-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda), xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 334/4-40-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi 1053-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida va tuman moliya boʻlimining 2014-yil 25-dekabrdagi 01-14/306-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 23-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2015-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Olmazor tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun daromadlar va xarajatlari hamda Toshkent shahar budjetidan berilgan daromadlarning miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2015 moliya yili davomida:
Tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman hokimligining moliya boʻlimi taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
4. Tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi (A. Akramov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Olmazor tuman tarmoq administratori (D. Shonazarov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.olmazor.poytaxt.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Tuman hokimining 2013-yil 31-dekabr kunidagi “Olmazor tumanining 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 992-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Iskandarov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. GAIBNAZAROV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
882-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 882-sonli qaroriga 1-ILOVA
Olmazor tumanining 2015-yilgi mahalliy budjeti asosiy
parametrlari
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 882-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun daromadlar va xarajatlari hamda Toshkent shahar budjetidan berilgan daromadlarning
miqdorlari
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 882-sonli qaroriga 3-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
meʼyorlari
Tuman hokimining 2014-yil 30-dekabrdagi 882-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
miqdori
(ming soʻm) T/r Tuman Miqdor 1. Olmazor tumani 588 800,0
