Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (1079-son)
31.12.2014
Toshkent shahar hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda), Toshkent shahar hokimining 2014-yil 13-yanvardagi “Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi va taʼriflarini tasdiqlash haqida”gi 41-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 23-dekabrdagi 82-sonli, Moliya vazirligining 2014-yil 23-dekabrdagi BYu/08-03-32-13/170-sonli, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 23-dekabrdagi 227/01-14-sonli kelishuv xatlari hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 23-dekabrdagi 227/01-14-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga:
Ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qoʻllanadigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga;
Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (A. Yusupov):
davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan davlat mulkini balansda saqlovchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan ilgari tuzilgan shartnomalarni xatlovdan oʻtkazish, ularni hisobga qoʻyish va shartnomalarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining 31-bandiga muvofiq, davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Belgilansinki, davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov): mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimining 2014-yil 14-dekabrdagi 48-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Mazkur qaror bajarilishining nazorati Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklansin.
Hokim R. USMANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
1079-son
Shahar hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 1079-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam
stavkalari
T/r Faoliyat turi kodi (XTUT) Ijaraga berilayotgan maydonlardan foydalanish maqsadlari Bir yillik eng kam stavkasi 1 kv. m (soʻm) Sanoat 1. 11 200 Yoqilgʻi sanoati 3 100 2. 13 100 Kimyo sanoati 3 100 3. 13 300 Neft-kimyo sanoati 3 100 4. 14 100 Mashinasozlik 3 100 5. 14 200 Stanoklar yasash va asbobsozlik sanoati 3 100 6. 14 300 Hisoblash texnika vositalari sanoati 3 100 7. 14 400 Traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi 2 500 8. 14 500 Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi 2 500 9. 14 600 Yengil va oziq-ovqat sanoati va maishiy asboblar mashinasozligi 2 500 10. 14710 Sanitar-texnik va gaz jihozlari va mahsulotlarini ishlab chiqarish 3 100 11. 14 800 Metall konstruksiyalarini va jihozlarini ishlab chiqarish 3 100 12. 14 900 Mashina va jihozlarni taʼmirlash 3 100 13. 14 780 Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari 3 100 Oʻrmonchilik, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati 14. 15 100 Yogʻoch tayyorlash sanoati 3 100 15. 15 200 Yogʻochni qayta ishlash sanoati 3 100 16. 15 300 Sellyuloza-qogʻoz sanoati 3 100
Shahar hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 1079-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qoʻllanadigan
koeffitsiyentlar
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko),
bunda:
Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;
Kz — hududiy zona koeffitsiyenti;
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, qoʻshimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim yertoʻla, yertoʻla);
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar).
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Toshkent shahar hokimining 2014-yil 13-yanvardagi “Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi va taʼriflarini tasdiqlash haqida”gi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan, hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz):
Zonalar Qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 1-zona 4,11 2-zona 3,31 3-zona 2,51 4-zona 1,71 5-zona 1,0
Shahar hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi 1079-sonli qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahridagi markaziy qatnov koʻchalari
roʻyxati
1. A.Chexov koʻchasi 2. Abdulla Qodiriy koʻchasi 3. Abdurauf Fitrat koʻchasi 4. Amir Temur shoh koʻchasi 5. Asaka koʻchasi 6. Afrosiyob koʻchasi 7. Ahmad Donish koʻchasi 8. Aeroport hududi 9. Beruniy koʻchasi 10. Beshyogʻoch koʻchasi 11. Beshqayragʻoch koʻchasi 12. Bobur koʻchasi 13. Bogʻishamol koʻchasi 14. Bodomzor yoʻli koʻchasi 15. Bunyodkor shoh koʻchasi 16. Buxoro koʻchasi 17. Buyuk ipak yoʻli koʻchasi 18. Buyuk Turon koʻchasi 19. Gavhar koʻchasi 20. Darxon koʻchasi 21. Zarafshon koʻchasi 22. Zargarlik koʻchasi 23. Zarqaynar koʻchasi 24. Ziyo koʻchasi 25. Zulfiyaxonim koʻchasi 26. Istiqbol koʻchasi 27. Istiqlol koʻchasi 28. Iftixor koʻchasi 29. Qatortol koʻchasi 30. Katta Xirmontepa koʻchasi 31. Kichik halqa yoʻli koʻchasi 32. Qorasaroy koʻchasi 33. Qorasuv 34. Qoratosh koʻchasi 35. Qumariq koʻchasi 36. Labzak koʻchasi 37. Lokomotiv koʻchasi 38. Lutfiy koʻchasi 39. Mannon Uygʻur koʻchasi 40. Matbuotchilar koʻchasi 41. Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 42. Mirobod 43. Muqimiy koʻchasi 44. Mustaqillik maydoni 45. Mustaqillik shoh koʻchasi 46. Muxammad Yusuf koʻchasi 47. Muxtor Ashrafiy koʻchasi 48. Navoiy koʻchasi 49. Nazarbek koʻchasi 50. Nukus koʻchasi 51. Nurafshon koʻchasi 52. Oybek koʻcha�i 53. Oqqoʻrgʻon koʻchasi 54. Oqtepa maydoni 55. Olmazor koʻchasi 56. Osiyo koʻchasi 57. Parkent koʻchasi 58. Rashidov koʻchasi 59. Sagʻbon koʻchasi 60. Samarqand Darvoza koʻchasi 61. Sebzor koʻchasi 62. Sodiq Azimov koʻchasi
