Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi nazorat palatasini tuzish toʻgʻrisida”gi qarori xususida (506a-XII-son)
13.01.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi ostida amal qiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga hisob beradigan respublika boshqaruv-ijroiya hokimiyatining oliy nazorat idorasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati komiteti taʼsis etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat palatasini tuzish toʻgʻrisida”gi 421-XII-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-yanvar,
506a-XII-son
